Eksklyuziv video: iPhone XS’ning ilk reklama roligi!

  •   DiMaX
  •  3008
  •  03.09.2018 13:11

Eksklyuziv video: iPhone XS’ning ilk reklama roligi!

Apple korporatsiyasi shu yilning 12 sentyabrida bo‘lib o‘tadigan tadbirida o‘zining bir nechta yangi devayslarini namoyish etadi. Shulardan iPhone XS nomli smartfonning rasmiy suratlari keyingi kunlarda internetda tarqalmoqda.

O‘QING: iPhone va boshqa smartfonlar qimmatlashadi: sabab?

So‘nggi xabarlarga qaraganda, kupertinolik kompaniya bu yilgi ayfonlarining kattasi nomida «Plus» qo‘shimchasidan voz kechgan. Shunchaki, korpus va displey o‘lchami hamda boshqa ayrim xususiyatlariga ko‘ra sal farqlanuvchi ikki xil iPhone XS bo‘ladi. Suyuq kristalli ekranga ega kichkina modeldagi ayfon esa boshqacha nom olishi kutilmoqda.

Koreyalik dizayner shu tasvirlardan foydalanib, yangi ayfonlarning norasmiy reklama roligini tayyorladi. Bu – iPhone XS rasmiy suratlaridan foydalangan holda ishlangan ilk reklama videosi hisoblanadi:

Apple 12 sentyabrda smartfonlaridan tashqari, iOS operatsion tizimining yakuniy talqinini ham namoyish etishi kutilmoqda. Shu bilan birga, yangi modellardagi planshetlar, smart-soat va boshqa mahsulotlarini ham taqdim etadi.

O‘QING: Apple mobil interfeyslar olamida inqilob tayyorlamoqda! (+«jonli» video)