EKSKLYuZIV VIDEO: Redmi Note 5 Pro’ni iPhone X Red Edition’ga «aylantirsa» bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  3706
  •  13.04.2018 15:59

EKSKLYuZIV VIDEO: Redmi Note 5 Pro’ni iPhone X Red Edition’ga «aylantirsa» bo‘ladi!

O‘tgan yili Apple korporatsiyasi iPhone 7 hamda iPhone 7 Plus smartfonlarining qizil rangli maxsus talqinini chiqardi. Bu – OITSga qarshi kurashga hissa qo‘shishni istaganlar uchun aksiya sifatida qo‘yilgan qadam edi. Ya’ni, alvon rangli ayfonlar narxiga ustama qiymat qo‘shilgan – daromadning bu qismi xayriya ishlariga yo‘naltiriladi.

Joriy yilda esa iPhone 8 Red Edition birinchi shunaqa smartfon bo‘ldi. Alvon rangli ayfon o‘z sohibining xayriya ishlariga hissa qo‘shganidan darak berish bilan birga, o‘ziga xos ko‘rinishi bilan e’tiborni ham tortadi.

O‘QING: Apple bugun qizil rangli iPhone 8'ni taqdim etishi mumkin

Korporatsiya iPhone X Red Edition talqinini hozircha taqdim etgani yo‘q, ammo tinib-tinchimagan xitoyliklar allaqachon boshqa kompaniyalarning smartfonlarini shu modelga o‘xshatish yo‘lini topishdi. Aniqrog‘i – Xitoyda turli smartfonlarning orqa paneliga qoplanuvchi, ayfonlardagi tegishli yozuvlar va uning logotipi tushirilgan maxsus plyonkalar ishlab chiqarila boshlagan.

Mana, quyidagi videolavhada Xiaomi Redmi Note 5 Pro modelidan qanday qilib alvon rangli iPhone X «yasash» ko‘rsatib berilgan:

Ko‘rib turganingizdek, «xitoycha Apple»ning smartfonidan judayam chiroyli iPhone X Red Edition chiqdi! Ushbu plyonka yordamida boshqa kompaniyalarning turli modellardagi smartfonlaridan har xil iPhone’lar «yasash» iloji bor!

Hozircha bunaqa plyonkaning savdoga chiqqanligi haqida ma’lumot uchramadi. Bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lish uchun saytimizni kuzatib boring.

O‘QING: Xushxabar: Redmi Note 5 Pro «Malika»ga keldi! Ammo narxi...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!