EKSKLYuZIV VIDEO: Xitoyliklar allaqachon o‘raluvchi ekranli smartfonni ishlatib ko‘rsatishdi!

  •   DiMaX
  •  1019
  •  18.06.2019 15:41

EKSKLYuZIV VIDEO: Xitoyliklar allaqachon o‘raluvchi ekranli smartfonni ishlatib ko‘rsatishdi!

Bir qator smartfonsozlar qayishqoq ekranli buklama smartfonlar ustida ishlab, ma’lum yutuqlarga ham erishishga ulgurishdi. Ammo hatto yetakchi kompaniyaning shunday «inqilobiy» qurilmasi ham yaxshi chiqqani yo‘q.

O‘QING: Yana bo‘lmadi: Samsung Galaxy Fold uchun olingan buyurtmalarni bekor qilishmoqda

Xitoylik taniqli displeysoz – BOE Technology kompaniyasi esa yanada ilgarilab ketdi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan SID Display Week 2019 ko‘rgazmasida u o‘zining so‘nggi ishlanmalarini namoyish etdi. Ular orasida ekrani trubacha shaklida o‘raluvchi smartfon prototipi alohida e’tiborga loyiq.

Diagonaliga 12,3 dyuymlik mazkur displeyni ikki tomonidagi modullar yordamida «yoyish» va «o‘rab qo‘yish» mumkin. To‘g‘ri, u hali yakuniy smartfon darajasiga keltirilmagan, mazkur namunaning ekrani hatto sensorli ham emas. Ammo kelajakda bu funksiyani qo‘shish ko‘zda tutilgan.

Displeyi o‘rab qo‘yilgan holatida mazkur prototip ixcham planshetga ko‘proq o‘xshasa-da, BOE uni «telefon» deyapti. Bunday ekran keyingi avlod smartfonlarida qo‘llanishi mumkin.

O‘QING: Huawei buklama smartfonida qo‘llanuvchi displeyni BOE «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatdi!

Mana, BOE kompaniyasining shu va boshqa ayrim yangi mahsulotlarini videoda ko‘ramiz:

Shuningdek, ko‘rgazmada mazkur displeysoz boshqa ishlanmalarini ham namoyish qilgan. Ular orasida 7,7 dyuymlik buklama smartfon, har xil (shu jumladan, avtomobillar uchun ham) qayishqoq displeylar, to‘ldirilgan borliq qurilmalari uchun 3,5 dyuymlik 8K ekran ham mavjud.

O‘QING: CES 2019: LG dunyodagi ilk o‘raluvchi «aqlli» televizorni taqdim qildi!