EKSKLYuZIV: Xiaomi hali taqdim etmagan Redmi Note 6 Pro’ni birinchilar qatorida Terashop.uz’dan oling!

  •   DiMaX
  •  5122
  •  26.09.2018 11:08

EKSKLYuZIV: Xiaomi hali taqdim etmagan Redmi Note 6 Pro’ni birinchilar qatorida Terashop.uz’dan oling!

Keyingi paytlarda turli gadjetlarning rasmiy namoyishidan ham avval do‘konlarga chiqishiga ko‘p guvoh bo‘lyapmiz-a? Shu trendga biz ham qo‘shildik – «xitoycha Apple»ning so‘nggi smartfonlaridan biriga Terashop.uz internet-do‘konimiz orqali buyurtma berishingiz mumkin!

O‘QING: EKSKLYuZIV: Xiaomi hali ko‘rsatmagan Redmi Note 6 Pro bilan ilk «jonli» videotavsifda batafsil tanishamiz!

Xiaomi hali avgustdayoq tayyorlagan Redmi Note 6 hamda Note 6 Pro smartfonlari turli mamlakatlarda sertifikatsiyadan o‘tkazilganligidan xabaringiz bor. Hali taqdim etilmay turib allaqachon sotuvga ham chiqarilgan Redmi Note 6 Pro modelining «jonli» suratlarini ham e’lon qilganmiz.

O‘zbekistonda ilk bor, Terashop.uz internet-do‘konida Xiaomi Redmi Note 6 Pro fabletiga buyurtma berishingiz mumkin! Siz hali rasman namoyish etilmagan bu yangi smartfonni birinchilardan bo‘lib qo‘lga kirita olasiz.

Sizga taklif etayotganimiz Redmi Note 6 Pro modelining global versiyasi bo‘lib, korpusi qora rangda. Devaysning tezkor xotirasi 3 gigabayt, ichki xotirasi esa 32 gigabayt hajmga ega. Narxi 1 770 000 so‘mni tashkil etadi. Buyurtmangiz uch ish kuni davomida yetkazib beriladi.

Mazkur smartfonni shu narxda xarid qilish uchun Telegram’dagi @ghost_stranger profili yoki +998-97-773-44-12 telefon raqami orqali bizning menejerimiz bilan bog‘lanishingiz mumkin. Iltimos, murojaat etganingizda, saytda berilgan ma’lumotlarni qaytadan so‘rab ovora qilmang, o‘zingizning va o‘zgalarning vaqtini qadrlang.

Xiaomi Redmi Note 6 Pro smartfonining batafsil xususiyatlari, suratlari va hatto videosi ham saytimizdagi bir qator maqolalarda berilgan. Shuningdek, mazkur kompaniyaning bir qator rusumlardagi smartfonlari, shu shumladan «Tezkorlik ustasi» deya tavsiflanuvchi arzon flagmani – Pocophone F1 ham internet-do‘konimizda rasmiy kafolat bilan sotilmoqda. Ularga onlayn tarzda buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish imkoniyatlari hamda O‘zbekiston bo‘yicha bepul eltib berilishi sizga ma’qul keladi.

O‘QING: Terashop.uz’dagi 1 500 000 so‘mgacha narxli Xiaomi smartfonlari (2018 yil 19 sentyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.