Ekspert aniqlik kiritdi: «mikrovolnovka» va smartfon – saratonga sababmi?

  •   DiMaX
  •  2287
  •  29.02.2020 13:12

Ekspert aniqlik kiritdi: «mikrovolnovka» va smartfon – saratonga sababmi?

Zamonaviy gadjetlarning kishilarda saraton (rak) kasalligini keltirib chiqarishi haqida turli-tuman fikrlar mavjud. Jumladan, ushbu kasallikning yuzaga kelishida uyali telefon, quloqchin singari devayslarning ta’siri haqida yozganmiz.

O‘QING: Smartfon radiatsiyasi sichqonda saratonni keltirib chiqardi, odamda-chi?

«Sargrad» nashri ayni shu masala bo‘yicha meditsina fanlari nomzodi, onkolog mutaxassis – Mixail Laskov bilan suhbatlashgan. Uning to‘liq matni bilan mana bu yerda (rus tilida) tanishish mumkin, quyida esa olimning bu boradagi fikrlarini lo‘nda holida keltiramiz.

Saratonni ko‘pchilik zamonaviy sivilizatsiya xastaligi, deb hisoblaydi, ammo bu noto‘g‘ri, deydi onkolog. Uning ta’kidlashicha, ko‘krak, oshqozon, teri raki va saratonning boshqa turlariga hatto Gippokrat ishlarida ham tavsif berilgan. Ya’ni, «mobil telefonlar va mikrovolnovkalar davridan avval ham odamlar saratondan o‘lishgan». Bundan tashqari, olimlar baribir bu ikki tur gadjetdan taraladigan nur va saratonning yuzaga kelishi o‘rtasida bog‘liqlik topa olishmagan.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlari kuchli radiatsiya tarqatishi qanchalik to‘g‘ri?

Mutaxassisning ta’kidlashicha, hattoki sog‘lom turmush tarzi ham saraton paydo bo‘lishi xavfini bartaraf eta olmaydi.

«Lekin bu – o‘z sog‘lig‘iiga qaramay qo‘yaverish kerak, degani emas. Masalan, ortiqcha vaznga ega kishilar saratonning 13 turi bo‘yicha xavf guruhiga kiradi», deya ta’kidlaydi Laskov.

Yana bitta keng tarqalgan xato fikr – saraton keksalarning xastaligi ekanligidir, deydi ekspert. Garchi bu kasallikka chalinishda yosh ham muhim omil bo‘lsa-da, rak yoshlarda ham uchraydi.

O‘QING: Nanorobotlar saratonni davolashga yordam beradi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!