Ekspert maslahati: ishlayotgan noutbukni qayerga qo‘yish xavfli?

  •   DiMaX
  •  1698
  •  15.10.2020 14:53

Ekspert maslahati: ishlayotgan noutbukni qayerga qo‘yish xavfli?

Bugungi kunda masofadan ishlash tufayli noutbuklardan foydalanish juda ommalashgan, lekin ularni to‘g‘ri ishlatishni hamma ham bilavermaydi. «Sinergiya» Universitetining Axborot texnologiyalari instituti direktori o‘rinbosari Anton Averin bu borada ayrim maslahatlarini bergan.

O‘QING: Smartfon va noutbukni noto‘g‘ri quvvatlayapsiz, buni bilasizmi?

Mutaxassisning ta’kidlashicha, yoqiq holdagi noutbukni yumshoq yuzalar – pled, yostiq, ko‘rpa kabilarning ustiga qo‘ymaslik kerak. Zero, bunda laptop ostidagi shamollatish tirqishlari qisman yoki to‘liq to‘silib qoladi. Natijada gadjet qizib ketishi va bu hol uning ichki qismlari ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.

Bundan tashqari, yumshoq yuzalardagi chang, tushib qolgan ip, soch va boshqa mayda narsalar ventilyasiya kuleriga tushishi ham bor, deydi ekspert. Uning tiqilib qolishi esa noutbuk uchun (o‘zingiz, ayniqsa hamyoningiz uchun ham) ayanchli oqibatlarga olib keladi.

Shuningdek, noutbukni oshxonada qo‘yish hm yaramaydi, deya ogohlantiradi Averin. Zero, unga suv, yog‘ yoki boshqa suyuqlik sachrab, devaysingizni qisman yoxud to‘liq ishdan chiqarishi ehtimoli yuqori.

O‘QING: Aldanib qolmang: noutbukni ochmasdan batareyasini tekshirish usullari

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!