Ekspert maslahati: Smartfonda Bluetooth’ni nega o‘chirib qo‘yishingiz kerak?

  •   DiMaX
  •  1086
  •  24.06.2020 15:46

Ekspert maslahati: Smartfonda Bluetooth’ni nega o‘chirib qo‘yishingiz kerak?

Ko‘pchiligimiz smartfonda Bluetooth’ni turli sabablarga ko‘ra yoqiq qoldiramiz. Avast kompaniyasining raqamli xavfsizlik bo‘yicha katta muhandis-dasturchisi Voytex Bochek buning xavfidan ogohlantirdi.

O‘QING: Koronavirusdan himoyalanish uchun smartfonni nima bilan va qanday tozalash kerak?

Mutaxassis, avvalo, Bluetooth hamisha yoqiq turishi akkumulyator quvvatining tezroq sarflanishiga e’tibor qaratdi. Zero, mazkur modulning ishlab turishi, atrofdagi qurilmalarni izlashi kabilarga ham qo‘shimcha zaryad kerak bo‘ladi-da.

Lekin ushbu modul yoqiq qolishining eng katta xavfi bu emas, deydi ekspert. Voytex Bochekning so‘zlariga ko‘ra, Bluetooth vaqti-vaqti bilan avtomatik tarzda boshqa qurilmalar tomonidan «topilish» rejimi – «rejim obnarujeniya»ga o‘tib turadi. Ayni shu paytlarda esa boshqalar u orqali smartfoningizga ulanib olishlari uchun imkonit yuzaga keladi, deydi u.

«Agarda boshqalar smartfoningizga sizning ruxsatingizsiz ulana olishmasa ham, Bluetooth ulanishga ruxsat so‘rovchi bildirishnomalar uzatib turadi, bu esa sizni chalg‘itadi. Shu boisdan zarurat bo‘lmagan hollarda uni butkul o‘chirib qo‘yganingiz ma’qul», deydi Avast mutaxassisi.

O‘QING: Bluetooth orqali ulangan smartfon yo planshetni kompyuter «ko‘rmasa» nima qilamiz?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!