Ekspert: «mikrovolnovka» bu yeguliklarni zaharga aylantiradi!

  •   DiMaX
  •  1424
  •  14.04.2020 13:08

Ekspert: «mikrovolnovka» bu yeguliklarni zaharga aylantiradi!

Koronavirus pandemiyasi sababli ko‘pchilik o‘z uyida o‘tirgan shu kunlarda xonadonlarda ko‘p qo‘llanuvchi narsalardan biri mikroto‘lqinli pechlar bo‘lsa kerak. Lekin ushbu maishiy jihozdan to‘g‘ri foydalanish qoidalarini yaxshi bilamizmi?

O‘QING: Maishiy texnika uzoq vaqt xizmat qilsin desangiz…

Rossiyalik parhezshunos (diyetolog) shifokor Yelena Solomatina yaqinda «Vechernyaya Moskva» gazetasiga bergan intervyusida shu masalaga to‘xtalib o‘tgan. Ekspert qanday yeguliklarni «mikrovolnovka»da qizdirmaslik kerakligini izohlagan.

Solomatinaning so‘zlariga ko‘ra, kishilar mikroto‘lqinli pechda isitishga odatlanib qolgan ko‘plab oziq-ovqat mahsulotlari bu jarayonda o‘zining foydali xususiyatlarini yo‘qotadi, ayrimlari umuman zaharga aylanadi! Mutaxassisning ta’kidlashicha, tarkibida C vitamini bo‘lgan yeguliklarni isitganda, uning foydali xususiyatlari yo‘qolib ketadi. Tozalanmagan yog‘lar (nerafinirovannie masla) esa oksidlanishi va kanserogen (saratonni keltirib chiqaruvchi) moddaga aylanishi aniqlangan.

O‘QING: Mobil telefonlardan tarqalayotgan nur miya saratonini keltirib chiqarmas ekan

Shuningdek, «mikrovolnovka»da isitishda organizm uchun zararli bo‘lib qoluvchi oziq-ovqat mahsulotlariga yana diyetik gazlangan suvlar ham kiradi, deydi ekspert. Ularda shirin ta’m berish uchun qo‘llanadigan saxarozamenitel yuqori harorat ta’sirida formaldegidga aylanib qoladi. Bu moddani esa zaharlilik darajasi bo‘yicha mishyakka tenglashtirish mumkin.

Bulardan tashqari, mikroto‘lqinli pechlarning boshqa texnik xususiyatlari haqida ham bir qator xabar va maqolalar e’lon qilganmiz. Wi-Fi tezligiga bu jihozning ta’siri, «mikrovolnovka» va smartfonning saratonga sababchi bo‘lishi haqidagi gumonlarga ekspert aniqlik kiritgani siz uchun ham qiziq bo‘lsa kerak.

O‘QING: Yangi tur maishiy jihoz – ilk «antimikrovolnovka» taqdim etildi! (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!