Ekspert Trampning Twitter-akkaunti parolini besh urinishdayoq topib, e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  624
  •  23.10.2020 12:10

Ekspert Trampning Twitter-akkaunti parolini besh urinishdayoq topib, e’lon qildi!

AQSh prezidenti Donald Trampning smartfonida bittagina dastur – Twitter mobil ilovasi borligi avvalroq ma’lum bo‘lgan edi. U ayni shu ijtimoiy tarmoqda faol chiqishlar qilib turadi.

O‘QING: iPhone’ning keraksiz ilovalaridan Donald Tramp uslubida qutulamiz!

Endi esa shu akkauntga kirish parolini ham topishibdi: axborot xavfsizligi yo‘nalishidagi gollandiyalik tadqiqotchi buni uddalaganini e’lon qildi. @realDonaldTrump nikli mazkur profilning paroli juda oddiy – «maga2020!» ekan!.

Viktor Gevers (Victor Gevers) ismli mazkur ekspertning TechCrunch nashriga ma’lum qilishicha, bu parolni u beshinchi urinishdayoq aniqlab olgan. Buni qarangki, Donald Tramp hattoki akkauntini ikki bosqichli autentifikatsiya bilan himoyalab ham qo‘ymagan ekan!

Trampning profiliga kirishni uddalagach, mutaxassis tezda AQSh Milliy kiberxavfsizlik boshqarmasining bo‘limi – Tezkor tayyorgarlik kompyuter jamoasiga buni ma’lum qilgan. Shundan so‘ng prezidentning akkauntiga kirish parolini darhol o‘zgartirishgan.

Ta’kidlash kerakki, Gevers bu ishni birinchi marta qilishi emas – 2016 yili ham u AQSh prezidentining Twitter-akkaunti parolini aniqlagan edi. Tramp o‘shanda unga «yourefired» deb parol qo‘ygan ekan; yaqinda aniqlangan parol – «maga2020!» esa «Make America Great Again» shiorining qisqartmasidir.

Darvoqe, Twitter ma’muriyatidan ma’lum qilishlaricha, ekspert Trampning akkauntiga kira olganiga kompaniyada isbot yo‘q.

O‘QING: OGOH BO‘LING: Telegram-akkauntingizni firibgarlar egallab olishmoqchi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!