Ekspertlar 2017 yilning eng yaxshi 5 smartfonini aniqlashdi

  •   DiMaX
  •  1963
  •  25.10.2017 16:29

Ekspertlar 2017 yilning eng yaxshi 5 smartfonini aniqlashdi

Mobil elektron qurilmalar sohasidagi mutaxassislar joriy yildagi eng yaxshi smartfonlar reytingini tuzishdi. Bu haqda «Ekonomika segodnya» nashri xabar bermoqda.

O‘zining texnik xususiyatlari bo‘yicha flagman smartfonlar orasida iPhone 8 eng yetakchi, deb topildi. Uning birinchilikni olishiga, qisman, iOS operatsion tizimi hamda Apple Store do‘koni ham sababchi. G‘olibning salbiy jihati – narxi o‘ta yuqori ekanligida.

Ikkinchi pog‘onaga ekspertlar Google’ning Pixel 2 hamda 2 XL smartfonlari loyiq ko‘rishdi. Ta’kidlanishicha, bu smartfonning asosiy yutuqlari – mobil qurilmalarga o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi kameraga egaligi hamda oldindan o‘rnatilgan ilovalarsiz, sof Android operatsion tizimiga egaligidir.

Keyingi o‘rinni Samsung Galaxy Note 8 egalladi, u samarali dizayn va ko‘z to‘r pardasi skaneri bilan e’tiborga loyiq ko‘rilgan.

Android operatsion tizimining asoschisi Endi Rubin boshchiligidagi Essential kompaniyasi yaratgan Essential Phone eng yaxshi smartfonlarning to‘rtinchisi bo‘ldi.

Kuchli beshlikni OnePlus 5 yakunlab berdi – uning texnik xususiyatlari yuqori bo‘lsa-da, narxi oldingilaridan jiddiy farq qiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.