Ekspertlar barcha iPhone’larning istalgan Android-smartfondan asosiy ustunligini ma’lum qilishdi

  •   DiMaX
  •  3610
  •  12.04.2019 13:40

Ekspertlar barcha iPhone’larning istalgan Android-smartfondan asosiy ustunligini ma’lum qilishdi

Apple’ni ko‘pincha o‘zining eski rusumlardagi mobil qurilmalarini ataylab sekinlashtirishda ayblashadi. Kompaniya yangi modellardagi devayslarini sotish maqsadida shunday qilgan, deya uni sudga berish hollari ham bo‘lgan.

O‘QING: Apple eng qimmat MacBook Pro’ni ataylab sekinlashtirayotgani fosh etildi! (+video)

Ammo kuni kecha Mobile&SecurityLab kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan reytingga ko‘ra, kupertinoliklar aksincha – o‘zining eski modellardagi mahsulotlarini ham uzoq muddatga texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi. Ya’ni, iPhone’larga yangi avlod operatsion tizimlaridagi proshivkalarning tarqatilishi, ayniqsa – xavfsizlik apdeytlarining tarqatilishi ancha vaqtgacha davom etadi.

Mana, quyidagi jadvalda uch yil va undan ortiq muddat davomida yangilanib kelayotgan smartfonlar reytingi aks etgan:

Ko‘rib turganingizdek, ro‘yxatdagi yigirmata o‘rinning teng yarmini va reytingning kuchli uchligini faqat Apple mahsulotlari egallagan!

O‘QING: Qayta tiklangan iPhone’lar ishonchlimi? Apple sobiq xodimi aniqlik kiritadi

Shunday qilib, xavfsizlik yo‘nalishidagi Mobile&SecurityLab kompaniyasi mutaxassislari isbotlashganidek, iPhone’lar bu borada har qanaqa Android-smartfondan ustun. Darvoqe, e’tibor bering: yuqoridagi ro‘yxatda «yashil robotchali» qurilmalarning bittagina vakili bor, uyam yangilanishlarni faqat uch yilgacha olib turgan.

Sony, Huawei, Xiaomi, Samsung va boshqa ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining mobil qurilmalarini odatda apdeytlar bilan ikki yilgacha bo‘lgan muddatda ta’minlab kelishadi. Apple esa o‘z smartfonlariga kamida besh yil davomida muhim yangilanishlarni tarqatib keladi.

Masalan, yuqoridagi reyting yetakchisi – iPhone 5s modeli 2013 yilda chiqqan va hozirda besh yarim «yoshda». Bu smartfon 2019 yilning sentyabrigacha yangilanishlarni olib turishi aniq. Demak, Apple mazkur qurilmasini kamida olti yil davomida muhim apdeytlar bilan ta’minlab turadi. Android-smartfon ishlab chiqaruvchilarning birortasi hozircha bunday qila olgan emas.

O‘QING: iPhone’lar ham arzonlashdi – Terashop.uz’dagi narxlari bilan tanishing! (2019 yil 27 mart)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!