Ekspertlar nega Huawei P30 Lite'ga "like" bosmayapti?

Ekspertlar nega Huawei P30 Lite'ga

Huawei'ning P seriyadagi flagmanlaridek sifatli ko‘rinsa-da, P30 Lite ba’zi muhim jihatlar borasida ulardan “oqsaydi“.

Agar taqdim qilinayotgan qimmatbaho flagmanlar uchun ortiqcha mablag‘ sarflashni xohlamasangiz, ularning yarim narxiga P30 Lite'ni xarid qilishingiz mumkin. Vaholanki, bu borada shoshqaloqlik yaramaydi. Ushbu smartfonda bir qator asosiy kamchiliklar mavjud. Quyida ularni tahlil qilamiz. 

Protsessor

Bir qarashda P30/P30 Pro flagmanlari bilan deyarli bir xil ko‘rinsa-da, P30 Lite'ga ulardagi kuchli Kirin 980 protsessori emas, balki quyi toifadagi Kirin 710 chipi o‘rnatilgan. Protsessor ishlashi haqida quyiroqda ma’lumot berib o‘tamiz.

Kamera

48 megapikselli f/1.8 aperturali asosiy kamera 8 megapiksellik o‘ta keng ob’yektiv bilan yanada kuchaytirilgan. 2 megapiksellik tasvir chuqurligini anqilovchi kamera esa blurli rasmlarni olishda yanada yaxshi samara beradi. Old tomondagi “tirqish“da esa nisbatan keng f/2.0 aperturali 24 megapiksellik datchik qo‘yilgan. 

Har uchala smartfondagi bir xil dizaynli “uchko‘z“ kamera funksiyalari — xususan, tasvirni kattalashtirish opsiyasi — Lite'da unchalik ham sifatli emas. Buni kompaniyaning qurilma narxini arzonroq saqlab qolishga uringani bilan izohlash mumkin. Video rezolyusiyasi ham 1080p bilan chegaralangan. Biroq, tan olish kerak, P30 Lite bilan kattalashtirilgan tasvir sifatli bo‘lmasa-da, kamera bilan umumiy sifati ajoyib bo‘lgan suratlar hosil qilish mumkin. 

 Narx

P30 Lite'da mavjud bo‘lmagan ba’zi jihatlar smartfonni bir qadar arzonlashtirib, uning 300 AQSh dollari atrofida baholanishiga sabab bo‘lgan. Bu narx o‘tgan yilning oxirida taqdim qilingan Mate 20 Lite'dan biroz arzon bo‘lsa, P30'ning yarim narxidir. P30 Pro'dan esa 600 dollar arzonroqdir. 

P30 Lite'ning narxi atrofidagi Snapdragon 845 chipli Xiaomi Pocophone F1 flagmani ham ancha arzirli jihatlarga ega raqibdir. 21:9 ekran rezolyusiyasiga ega Sony Xperia 10 Plus hamda Nokia 8.1 ham Huawei'ning bu smartfoniga mos muqobil, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Dizayn va asosiy jihatlari

P30 Lite dizayni borasida Huawei'dagilar “saxiylik“ qilishgan, deyish mumkin. P seriyadagi boshqa devayslarda bo‘lgan iPhone'dagi kabi yon tomon kulrang hoshiyasi P30 Lite'da bo‘lmasa-da, orqa tomondagi 3D qayrilma shisha korpus telefonni ushlashga qulay qilish bilan birga smartfonga jilovlanuvchi tus beradi. 

Biroq, tanganing ikkinchi tomoni ham bo‘lganidek, yarqiroq alyuminiy korpus dog‘larni o‘ziga tez tortadi. “Uchko‘z“ kamera ham anchayin bo‘rtib chiqqan.

Ustiga ustak, Lite versiyali P30 devasyiga ekranosti barmoq izi skaneri tanlanmagan; buning o‘rniga orqa panelga odatiy datchik o‘rnatilgan. 

Smartfonning "like" bosishga yana bir noloyiq jihati unga Gorilla Glass oynasi o‘rnatilmaganidir. Shuningdek, unda suv va changdan himoyalovchi qatlam ham mavjud emas.

O‘QING: Huawei hali taqdim etmagan Mate 30 Pro flagmani ilk «jonli» suratlar va rasmiy videoda!

Displey

Displey P30/P30'lardagi kabi nafis ekanligini tan olmasdan iloj yo‘q. Lekin texnik jihatlarga to‘xtalsak, 6,15 dyuymli 2,312x1,080 rezolyusiyali ekran OLED texnologiyasidan foydalanmagani, balki LCD panelli ekanligini ko‘ramiz. P30 Lite'ga yaxshiroq ekran o‘rnatilishi mumkin edi. Devays ekrani o‘zida sRGB ranglar palitrasidagi 93% rangni namoyon qildi, bu esa ranglar ekranda juda ham aniq tasvirlanmaydi, deganidir. Kontrast nisbati 910:1 bo‘lib, bu ham yetarli darajada o‘tkir emas. Lekin yorug‘lik darajasi 416 kd/m² bo‘lgan ekran telefonni yorug‘ joylarda ishlatishda noqulaylik tug‘dirmaydi. 

 Ishlashi va akkumulyatori

P30 Lite'ga, yuqorida ham ta’kidlanganidek, Huawei'ning o‘zi yaratgan quyi toifadagi Kirin 710 mobil protsessori o‘rnatilgan. Sakkiz yadroli ushbu protsessor to‘rtta 2,2 gigagerslik va yana to‘rtta 1,7 gigagerslik yadrolardan tashkil topgan. Asosiy protsessor 4GB'lik tezkor xotira va 128 GB'lik doimiy xotirada ishlaydi. 

Kutganingizdek, P30 Lite —o‘ta sekin bo‘lmasa-da — “aka“lari kabi katta tezlikda ishlamaydi: Geekbench 4 testida yakka yadroli testda 1,534 ball, barcha yadrolari ishtirokidagi tekshiruvda esa 5,469 ball olgan. Bu natija deyarli bir xil qiymatdagi Sony Xperia 10 Plus ko‘rsatgan natijadan ko‘ra anchayin yuqori va Nokia 8.1 nikiga yaqin. 

P30 Lite bilan murakkab o‘yinlar o‘ynash jarayoni ham “silliq“ kechmaydi.

Huawei o‘z telefonlarini marketing qilib, qurilamalari o‘yinlarni o‘ynashda yaxshi natija ko‘rsatishi haqida bong urayotgan bo‘lsa-da, P30 Lite'dagi Mali-G51 grafik protsessori Google Play Store'dagi eng yangi o‘yinlar o‘ynalayotganda foydalanuvchining xafsalasini pir qiladi. Eskiroq va yengilroq o‘yinlarda muammo bo‘lmasligi mumkin, biroq bu protsessor bilan yuqori sifatli o‘yinlarni qotishlarsiz o‘ynash imkoni mavjud emas. 

Endi akkumulyatorga o‘tsak. 170 kd/m² yorug‘likda, internet o‘chirilgan holda videolar bilan smartfon quvvati qanchaga yetishi sinab ko‘rilaganda, P30 Lite akkumulyatori 10 soat 19 daqiqaga “chidash ber“gan. Bu akkumulyator borasida seriya devayslari hozirgacha ko‘rsatgan eng past natijadir. P30'ning o‘zi esa to‘liq quvvat bilan bundan 8 soat ko‘proq ishlay oladi. 

Huawei P30 Lite'ning umumiy xarakteristikasi:

 

Protsessor

Sakkiz yadroli Hisilicon Kirin 710 (4x2.2GHz, 4x1.7GHz)
Operativ xotira  4GB
Ekran hajmi  6,15 dyuym 
Ekran rezolyusiyasi  2,312 x 1,080
Piksel zichligi  415ppi
Ekran turi IPS
Old kamera 32 megapiksel
Orqa kamera  48 megapiksel, 8 megapiksel, 2 megapiksel
Chiroq LED
Chang va suvga chidamlilik  mavjud emas
Audio jek mavjud
Simsiz quvvatlash  mavjud emas
USB turi USB Type-C
Doimiy xotira  128 GB
Xotira kartasi turi  microSD
Wi-Fi  802.11ac
Bluetooth 4.2
NFC mavjud
Mobil internet 4G
Dual SIM qo‘llab-quvvatlanishi mavjud
O‘lchamlari 152.9 x 72.7 x 7.4 mm
Vazni 159g
Operatsion tizim Android 9
Akkumulyator sig‘imi 3,340mA/s

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!