Ekspertlar: Planshetlar bozorida Windows`ning ulushi o‘smoqda

Ekspertlar: Planshetlar bozorida Windows`ning ulushi o‘smoqda

Strategy Analytics kompaniyasining 23 noyabr kungi hisobotida yozilishicha, so‘nggi 9 oy mobaynida planeshtlar bozorida Windows`ning ulushi sezilarli darajada oshgan.

Windows 10 operatsion tizimiga talab planshetlar bozorida kuchli va bu tendensiya yaqin yillarda ham saqlanib turishiga ekspertlarning ishonchi komil.

Joriy yilning dastlabki 9 oyida planshetlarga Windows o‘rnatish 58 %ga o‘sgan. To‘rt yildan so‘ng Windows yuklab olgan qurilmalar soni 49 millionga yetadi va bu bilan 120 % foizlik o‘sishga erishiladi, deydi tahlilchilar.

Ekpertlarning taxminicha, Windows`ning o‘sishi Android planshetlarning “rizqini qiyadi”, biroq bu Apple kompaniyasining “arzandasi”—iOS ga katta ta’sir o‘tkazmaydi. Android boshqaruvidagi qurilmalar 9% foiz, iOS boshqaruvidagi planshetlar esa 1 %ga qisqarishi mumkin.

Strategy Analytics mutaxassislari fikriga ko‘ra, korporativ bozorda ham asosiy “o‘yinchi” Windows belgili planshetlar bo‘ladi. Chunki kelajakda aynan shu turdagi operatsion tizimga talab katta bo‘ladi va shaxsiy kompyuterlar o‘rnini barcha imkoniyatlarga ega transformer qurilmalari egallaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!