Ekspertlar Windows va macOS uchun eng ishonchli antiviruslarni aniqlashdi (2019 yil iyul)

  •   DiMaX
  •  1065
  •  16.07.2019 18:15

Ekspertlar Windows va macOS uchun eng ishonchli antiviruslarni aniqlashdi (2019 yil iyul)

«Roskachestvo» – Rossiyaning sifat nazoratiga ixtisoslashgan tashkiloti bo‘lib, u ICRT (International Consumer Research & Testing Ltd) bilan hamkorlikda tadqiqotlar o‘tkazib turadi. Jumladan, may oyida ular taqdim etgan eng yaxshi antiviruslar reytingini avvalroq e’lon qilganmiz.

O‘QING: 2019 yilning eng zo‘r 10 smartfoni («Roskachestvo» talqini) va narxlari

Mazkur tashkilotlar mutaxassislari yangi tekshiruvda 19 ta kompaniyaning jami 35 xil antivirus dasturini o‘rganishdi. Ulardan 25 tasi Windows, o‘ntasi esa – macOS tizimli qurilmalarni himoyalashga mo‘ljallangan.

Demak, Windows tizimi uchun eng ishonchli antiviruslar quyidagilar bo‘lib chiqdi:

  1. Bitdefender Internet Security
  2. ESET Internet Security
  3. Bitdefender Antivirus Free Edition

Apple mahsuloti bo‘lgan, macOS bazasidagi gadjetlarning himoyasini esa mana bu dasturlarga ishonib topshirish mumkin ekan:

  1. ESET Cyber Security Pro
  2. Kaspersky Internet Security
  3. Bitdefender Antivirus for Mac

O‘QING: O‘zbekistonda eng ko‘p tarqalgan zararsiz viruslar

Bulardan tashqari, ekspertlar Apple hamda Microsoft taklif etgan mazkur tizimlarning o‘ziga dastlabki sozlamalar bo‘yicha joriy etilgan himoya dasturlarini ham baholashgan. Ularning xulosalariga ko‘ra, macOS’ning o‘ziga o‘rnatilgan antivirus boshqa, chet dasturlardan ko‘ra yomonroq ekan – «Roskachestvo» reytingida u oxirgi o‘rinnigina ola bildi. Windows himoyachisi esa, aksincha, turli tahdidlardan tizimni munosib muhofaza eta olar ekan.

Tadqiqotning eng qiziq xulosasi shu bo‘ldiki, bepul antiviruslar ham o‘z vazifalarini pulli dasturlardan kam bo‘lmagan darajada uddalay olar ekan! Biroq mutaxassislar bepul dasturlar shifrlovchi viruslardan kompyuterni himoyalay olmasligini ta’kidlashgan.

Agarda antiviruslar bo‘yicha tadqiqot xulosalarini batafsil ko‘rib chiqishni istasangiz, mana bu havola orqali «Roskachestvo» saytidagi tegishli sahifaga o‘tishingiz mumkin. Biroq yodda tuting: hech bir antivirus, hatto pullisi ham yuz foizlik himoyani kafolatlay olmaydi.

O‘QING: Windows’dagi barcha viruslarni daf qiluvchi bepul dastur

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.