Ekstremal flagman – Snapdragon 888 chipli Xiaomi Mi 11X taqdimoti rasman e’lon qilindi! (+video)

  •   DiMaX
  •  962
  •  12.04.2021 17:11

Ekstremal flagman – Snapdragon 888 chipli Xiaomi Mi 11X taqdimoti rasman e’lon qilindi! (+video)

Xiaomi kompaniyasi Snapdragon 888 chipseti bazasida kamida uchta smartfon chiqarishni rejalashtirgan. Bu haqda avvalroq «Xitoycha Apple» vitse-prezidenti hamda Xiaomi India rahbari Manu Kumar Jeyn (Manu Kumar Jain) bayonot bergan edi.

O‘QING: 108 MP kamera, eng zo‘r displey va Snapdragon 888 chipli Xiaomi Mi 11i namoyish etildi

Manu Kumar Jeyn bugun – 12 aprel kuni shulardan birining taqdimot kunini e’lon qildi. «Ekstremal flagman» deya targ‘ib etila boshlagan ushbu smartfon Xiaomi Mi 11X modeli bo‘lib, namoyishi 23 aprelda bo‘lib o‘tadi.

Top-menejerning ta’kidlashicha, Qualcomm kompaniyasining eng qudratli protsessori bazasida tayyorlangan bu telefon «ekstremal samaradorlik», «tengsiz ekran, kamera va tovush»ga ega va «nafis dizayn»i bilan xursand qiladi.

O‘QING: Xiaomi tan olishga majbur bo‘ldi: Redmi’ning yangi smartfonlarida «ishkal» bor!

Manu Kumar Jeyn ushbu modelning eksklyuziv tarzda faqat Hindiston bozoriga mo‘ljallanganligini aytgan. Lekin savdosi boshlanganidan bir-ikki oy o‘tib, Xiaomi uni boshqa mamlakatlar bozoriga ham chiqarishni istab qolishi hech gap emas.

Darvoqe, Xiaomi ayni shu ekstremal flagman taqdim qilinadigan 23 aprel kuniga Mi 11 Ultra superflagmanining ham Hindistondagi namoyishini belgilagan. Xiaomi Mi 11X esa butkul yangi model bo‘ladimi yoki qayta nomlangan Mi 11 Pro smartfoni bo‘ladimi – bunisi hozircha noma’lum.

O‘QING: Xiaomi Black Shark 4 va Black Shark 4 Pro smartfonlari taqdim etildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!