Elektr ta’minotidagi uzilishlar sabab Samsung o‘z zavodini yopdi

Elektr ta’minotidagi uzilishlar sabab Samsung o‘z zavodini yopdi

Texas shtatining Ostin shahrida sodir bo‘lgan Uri bo‘roni sababli elektr ta’minoti uzilib qoldi. Natijada Samsung ham bu yerdagi yarimo‘tkazgich zavodini vaqtincha yopishga majbur bo‘ldi, deya yozadi GSMArena.

Bo‘ron natijasida 200 mingga yaqin texasliklar elektr energiyasisiz qolgan. Austin Energy elektr ta’minoti kompaniyasi Samsung'ni elektr ta’minotidagi uzilishlardan oldindan ogohlantirgan va shu sababli ham kompaniya zarar ko‘rishdan qutulib qolgan. Sababi, kutilmaganda elektr uzilib qolishi oqibatida zavodda tayyorlanayotgan minglab kremniy plastinkalariga zarar yetishi, kompaniya millionlab dollar mablag‘ yo‘qotishi mumkin.

Aytilishicha, Ostindagi zavodda Samsung 14 nanometrlik protsessorlar ishlab chiqaradi.

Ostin shahrida boshqa ko‘plab yirik kompaniyalar, jumladan, NXP Semiconductors va Infineon Semiconductors zavodlari joylashgan. Apple'ning Mac Pro qurilmalari ham Ostinda ishlab chiqarilgani bois ushbu leptoplarni ishlab chiqarish ham vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lishi kerak.

O‘QING: iPhone zavodi ishchilariga maosh to‘lanmayapti. Ishchilar bosh ko‘tarmoqda (+video)