Elektromobil ichki yonuv dvigatelli avtomobillarni changida qoldirib ketdi

Elektromobil ichki yonuv dvigatelli avtomobillarni changida qoldirib ketdi

YouTube'dagi Carwow kanali muallifi beshta mashina o‘rtasida poyga uyushtirdi. Unda BMW X5M Competition, Porsche Cayenne Turbo GT, Mercedes-Benz GLE 63 S va Lamborghini Urus Performante kabi ichki yonuv dvigatelli mashinalar hamda Tesla Model X Plad elektromobili qatnashdi. 

Ushbu avtomobillarning narxi quyidagicha ko‘rsatilgan:

BMW X5M Competition - 121,290 funt

Porsche Cayenne Turbo GT - 150,500 funt

Lamborghini Urus Performante - 209,000 funt

Mercedes Benz GLE 63 S - 123,725 funt

Tesla Model X Plad - 132,500 funt

Garchi Tesla poygadagi eng qimmat avtomobil bo‘lmasa-da, uning kuchi raqobatchilarinikdan ko‘ra ko‘proq:

BMW X5M Competition - 625 ot kuchi, 750 Nm aylanish lahza

Porsche Cayenne Turbo GT - 640 ot kuchi, 850 Nm aylanish lahza

Lamborghini Urus Performante - 666 ot kuchi, 850 Nm aylanish lahza 

Mercedes Benz GLE 63 S - 612 ot kuchi, 850 Nm aylanish lahza 

Tesla Model X Plad - 1020 ot kuchi, 1020 Nm aylanish lahza. 

Ot kuchi va aylanish lahzasidagi ustunlik sabab Model X Plad V8 dvigatelli BMW, Mercedes, Porsche va Lamborghini avtomobillaridan anchaga o‘zib ketgan. 

Shuningdek, Model X Plad elektromobil bo‘lgani uchun unda uzatmalar qutisi bo‘lmaydi. Bu unga boshlang‘ich tezlikni yaxshiroq olishiga yordam beradi. 

O‘QING: Nega elektromobillarda uzatmalar qutisi bo‘lmaydi? 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!