Elektron hukumat loyihalari samarali natija bermoqda

  •   DiMaX
  •  663
  •  19.05.2021 08:47

Elektron hukumat loyihalari samarali natija bermoqda

Bugun texnologiyalar shiddat bilan rivojlanmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalari hayotimizning har bir jabhasiga kirib bordi, deyiladi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabarida.

O‘QING: Davlat xizmatlaridan elektron foydalanish uchun lo‘nda qo‘llanma

Hozirda har bir mamlakatning rivojlanishi va uning raqobatbardoshligi zamonaviy raqamli texnologiyalarning davlat va jamiyat hayotining barcha sohalariga qay darajada joriy etilganiga bog‘liq bo‘lmoqda. Buni isboti sifatida bir yildan ortiq vaqtda davom etayotgan pandemiya sharoitida raqamli texnologiyalar qanchalik muhim va zarurligini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi.

Shuning uchun, yana bir muhim hujjat – «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasi qabul qilindi (2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079). Mazkur Strategiya doirasida hududlarni va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari belgilab berildi, maqsadli ko‘rsatkichlar, elektron davlat xizmatlari va ularning to‘lov mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha «yo‘l xaritalari» tasdiqlandi.

Ushbu qarorlar doirasida «Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi» tashkil etildi. Markaz tomonidan bugungi kunda elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish borasida samarali ishlar qilinmoqda.

O‘QING: Farrosh, qorovul, choy tarqatuvchi... O‘zbekistonda kimlar IT-mutaxassisdan IKKI KARRA KO‘P maosh oladi?

Elektron hukumatni keng joriy qilishda asosiy masalalardan biri oson, qulay va xavfsiz identifikatsiya hisoblanib, hozirda Elektron hukumat foydalanuvchilarini identifikatsiya qilishning amaldagi axborot tizimidagi mavjud kamchiliklar, kuzatilayotgan uzilishlar bartaraf qilindi hamda qulay va sodda ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini yaratish maqsadida tizimning (www.id.egov.uz) yangi talqini ishlab chiqilib, ishga tushirildi. Eski tizimda ro‘yxatdan o‘tgan aktiv foydalanuvchilar ma’lumotlari yangi tizimga avtomatik migratsiya qilindi.

Tizimning ishga tushishiga qisqa vaqt bo‘lganiga qaramasdan, bugungi kunda uning foydalanuvchilari soni 220 mingtaga ortib, 820 mingtaga yetdi.

Davlat organlarida elektron hukumatning joriy etilgan va joriy etilayotgan axborot tizimlari hisobini yuritish va monitoringini olib borish, shuningdek, loyiha-texnik hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayonini elektron shaklga o‘tkazish imkoniyatini yaratish maqsadida Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslarining yagona reyestri (www.reestr.uz) axborot tizimi ishlab chiqilib, sinov tariqasida ishga tushirildi.

O‘QING: Facebook, TikTok, Telegram kabilar o‘z serverlarini O‘zbekistonga ko‘chirmasa, javobgarlikka tortiladi!

Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri (www.cs.egov.uz) axborot tizimining yangi talqini ishlab chiqildi va sinov tariqasida ishga tushirildi. Ushbu tizimning asosiy maqsadi – elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda davlat idoralari axborot tizimlarining idoralararo elektron hamkorligi doirasida yagona talablarga muvofiq zamonaviy ma’lumotnomalar va tasniflagichlarni shakllantirish, saqlash, yangilash va ta’minlashdan iborat. Bugungi kunga kelib Registrda 13 ta tashkilot tomonidan 41 ta klassifikator kiritilgan.

Ma’lumotning «qimmatliligi» – uning dolzarbligi bilan o‘lchanadi. Bu borada bugungi kunda Davlat statistika qo‘mitasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalining yangi talqini ishlab chiqilmoqda. Ushbu yangilangan portal davlat organlarining axborot tizimlari integratsiyasini nazarda tutadi va ma’lumotlarni o‘z vaqtida yangilashning monitoring tizimini ta’minlaydi.

Bugungi kunga qadar joriy portalda 149 ta davlat idoralari tomonidan 11 mingdan ortiq ma’lumotlar to‘plami joylashtirilgan bo‘lib, ulardan foydalanishlar soni 7,5 mln.dan ortiq.

O‘QING: AKT vazirligi: internet narxi yana 30 foizga pasaydi, kanallar hajmi 30 barobarga oshirildi...

Kelgusida Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan Yagona portalda davlat bojlarini va davlat organlari tomonidan solingan jarimalarni va boshqa to‘lovlarni tegishli bank va boshqa to‘lov tizimlari orqali onlayn tarzda to‘lash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi alohida platforma ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan hamda elektron hukumat infratuzilmasini yaratish ishlarini sifatli va samarali davom ettirish, shu jumladan aholiga ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlari ko‘lamini va ularning samaradorligini oshirish maqsadida idoralararo integratsion platforma tizimini takomillashtirish borasida ishlar amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, Davlat xizmatlari va boshqa elektron hukumat axborot tizimlari xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘lanadigan davlat boji va yig‘imlar miqdorini hisobga olishning yagona billing tizimini takomillashtirish va tegishli tashkilotlar axborot tizimlari bilan bosqichma-bosqich integratsiya qilish va O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portalining yangi talqinini ishlab chiqish va u orqali yangi ma’lumotlarni qo‘shishga onlayn so‘rov yuborish, integratsiyalash va maxsus veb-servislar orqali ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olish imkoniyati yaratilishi ko‘zda tutilgan.

O‘QING: Elektron hukumat bo‘yicha siz izlagan savollarga javoblar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.