«Elektron hukumat»ni rivojlantirish doirasida jami 104 ta loyiha amalga oshiriladi

  •   DiMaX
  •  605
  •  29.05.2020 09:01

«Elektron hukumat»ni rivojlantirish doirasida jami 104 ta loyiha amalga oshiriladi

Yurtimizda 2020 yilning «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» deb e’lon qilingani ham bejiz emas. 2020 yilda AKT sohasida bir qator yirik loyihalar amalga oshiriladi, deb yozadi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

O‘QING: O‘zbek tadqiqotchisi koronavirusga qarshi qurilma yaratdi!

 Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan parlamentga yo‘llangan Murojaatnomada ta’kidlanganidek, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish – O‘zbekiston uchun kelgusi yillarda eng dolzarb va ustuvor yo‘nalishlardan biri.

2020 yil 28 aprelda «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida raqamli iqtisodiyot bilan shug‘ullanadigan yaxlit tizim yaratildi.

Hujjatga asosan, 2020-2022 yillarda «Elektron hukumat»ni rivojlantirish doirasida 1,3 trillion so‘mga teng 104 ta loyihalarni amalga oshirishi rejalashtirilgan.

«Elektron hukumat»ni rivojlantirishga yo‘naltirilgan barcha loyihalar, shubhasiz, muhim ahamiyatga ega. Ularning amalga oshirilishi va joriy etilishi, o‘z navbatida, aholi uchun taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatini oshirishga va turmush darajasini ko‘tarishga yordam beradi.

O‘QING: O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha dunyo reytingida 37 pog‘ona ko‘tarildi