Elektron qaroqchilikka qarshi kurashadigan Denuvo firmasining sayti xakerlar tomondan buzildi

Elektron qaroqchilikka qarshi kurashadigan Denuvo firmasining sayti xakerlar tomondan buzildi

DRM-himoya dasturlarini tayyorlaydigan Avsraliyaning Denuvo Software kompaniyasi kundan-kun o‘zining mijozlarini yo‘qotib bormoqda. Agar oldin mazkur firma dasturlari bilan himoyalangan o‘yinlar bir necha oylab xavfsiz saqlangan bo‘lsa, ayni paytda Denuvo himoya tizimlarini buzish uchun bir necha kun kifoya qilmoqda, deb xabar bermoqda 4PDA nashri.

Eng qizig‘i, nashrning yozishicha, xakerlar mazkur qaroqchilikka qarshi kurashadigan firmaning rasmiy saytini buzib kirib, undagi barcha yashirin fayllarni chiqarib olishning uddasidan chiqishgan. Saytdagi yopiq bo‘limlarni kerakli ravishda himoya qilmagan sayt mualliflarini ham bunda ayblash mumkin. Xakerlar tomonidan olingan fayllar ichida kompaniya xodimlarining elektron pochta-manzillari va so‘nggi uch yil mobaynida amalga oshirilgan yozishmalar ham mavjud.

Xatlar orasida firma ishidan qoniqmagan mijozlarning shikoyatlari, DRM-himoya tizimi bilan qiziqqan ko‘plab o‘yin yaratuvchi kompaniyalarning takliflarini uchratish mumkin. Ayni paytda xakerlar olingan ma’lumotlarni o‘rganish bilan band.