«Yelena» – «sun’iy ong»li virtual teleboshlovchini qarshi oling! (+video)

  •   DiMaX
  •  1616
  •  19.04.2019 16:06

«Yelena» – «sun’iy ong»li virtual teleboshlovchini qarshi oling! (+video)

«Yandeks» kompaniyasi 2017 yili o‘zining intellektual ovozli yordamchisi – «Alisa»ni taqdim etgandi. Keyinchalik esa Mail.ru Group uning raqobatchisi – «Marusya»ni tayyorlagan, ammo uni hozircha rasman taqdim etishmagan.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: «Alisa»ga 22 million martadan oshiq sevgi izhor qilishibdi!

Rossiyaning Sberbank kompaniyasi esa o‘zining shu yo‘nalishdagi yangi ishlanmasi – «Yelena» ismli virtual robot-ayolni taqdim etdi. U teleboshlovchi vazifasini o‘tashi, yangiliklarni o‘qib berishi mumkin va bunda matn mazmuniga mos yuz ifodalarini namoyish qiladi.

Mana, uni videoda ko‘ramiz:

Ta’kidlash kerakki, «Yelena» – hayotda mavjud odamsimon robot emas, balki «sun’iy idrok» tizimini qo‘llagan holda faqat kompyuter grafikasi yordamida yaratilgan virtual personajdir.

O‘QING: Bugun – insoniyatga robot tanitilgan va robot ilk bor qotillik qilgan kun!

Sberbank mazkur virtual robotini o‘z mahsulotlarini hamda brendini bozorda ilgari surish maqsadlarida qo‘lashni rejalashtirgan. «Yelena» kompaniyaning yangiliklar videolavhalarida, shuningdek, reklama va ta’limiy syujetlarida matn o‘qib beradi.

«Yelena» ni robototexnika laboratoriyasi xodimlari Rossiyaning SRT (Sentr rechevix texnologiy – Nutq texnologiyalari markazi) hamda Kanadaning CGF Innovation kompaniyalari bilan hamkorlikda yaratishgan. Mazkur loyihaning byudjeti sir tutilmoqda.

O‘QING: Putin bilan ko‘rishgan robotni Tesla avtopiloti urib «o‘ldirdi» (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!