Elephone S1 va S1 Plus – Xitoyning hamyonbop smartfonlari

Elephone S1 va S1 Plus – Xitoyning hamyonbop smartfonlari

Xitoyning Elephone kompaniyasi mobil telefon ishqibozlarini birvarakayiga ikki smartfon – S1 va S1 Plus bilan xursand qiladigan bo‘ldi. Metall korpusli, orqa qopqog‘i shishadan, ammo 3D rasmi yo‘q, cheti yumaloqroq shaklda. Yasalishida qimmatbaho materiallar ishlatilganiga qaramay, Xitoydan boshqa davlatlarda bu smartfonlar narxi 70 dollarcha bo‘ladi.

Xabarga ko‘ra, Elephone S1 5 dyuymli displeyga va 4 yadroli MediaTek MT6580 protsessoriga (takt chastotasi 1,3 GGs) ega. Elephone S1 Plus esa 5,5 dyuymli kengroq ekrani bilan ajralib turadi. Ikkala smartfon ham Android tizimida ishlaydi.

Hozircha, Elephone S1 va S1 Pluslarning savdoga chiqarilish sanasi aniq emas.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!