EMUI 11 va HarmonyOS 2.0 namoyish sanasini Huawei rasman e’lon qildi (+video)

  •   DiMaX
  •  512
  •  03.08.2020 10:14

EMUI 11 va HarmonyOS 2.0 namoyish sanasini Huawei rasman e’lon qildi (+video)

Huawei kompaniyasi HDC 2020 konferensiyasining o‘tkazilish kunini rasman ma’lum qildi. Mazkur onlayn tadbirda u EMUI 11 grafik qobig‘ini, o‘zining HarmonyOS 2.0 operatsion tizimini hamda HMS Core 5.0 uchun yangi jamlanmalarni ko‘rsatishi kerak.

O‘QING: Huawei ikkita kamerali va NFC chipli smart-soat taqdim etdi (+video)

Shunday qilib, HDC 2020 marosimi joriy yilning 10-12 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Huawei’ning hozirgi ahvolidan kelib chiqadigan bo‘lsak, HarmonyOS 2.0 operatsion tizimining anonsi uning uchun muhim ahamiyatga ega.

To‘g‘ri, HarmonyOS operatsion tizimi bultur taqdim etilgan bo‘lsa-da, Huawei hozircha unda ishlovchi smartfonlarni ommaviy ishlab chiqara boshlagani yo‘q. Lekin yaqindagina u mazkur tizimga ega bo‘lgan BYD Han avtomobilini namoyish qilgan.

O‘QING: Android smartfonlarni Harmony OTga o‘tkazishga qancha vaqt ketishi aytildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!