Endi qabul imtihonlarida informatika fanidan ham 30 talik test topshiriladi!

Endi qabul imtihonlarida informatika fanidan ham 30 talik test topshiriladi!

Davlat test markazi tomonidan abituriyentlarga tavsiya qilingan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi. Bloger Javohirbek Abdullayev o‘zining telegram kanalida yangi o‘quv yilidan informatika fani alohida blok sifatida umumta’lim fanlariga qo‘shilganiga e’tibor qaratgan. Ya’ni, endi informatikaga aloqasi bor yo‘nalishlarda informatikadan blok qo‘shiladi.

Masalan, 5110700 - Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyent taxminan quyidagi fanlardan imtihon topshiradi:

Majburiy fanlar bloki (barcha yo‘nalishlar uchun nazarda tutilgan):

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;
Matematika - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;
O‘zbekiston tarixi - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan.

Ta’lim yo‘nalishiga mos asosiy blokdagi fanlar:

Informatika (3,1 ball)
Matematika (3,1 ball)

Informatika alohida blok bo‘lganligi rasman tasdiqlanganligini inobatga olsak, yakunda yuqoridagi fikrimiz to‘g‘ri bo‘lib chiqishi ehtimoli yuqori. Endi DTM tomonidan ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar majmuasi e’lon qilinishini kutib qolamiz.

O‘QING: “Fin Tech Abu Dhabi” tanlovida O‘zbekiston jamoasi g‘olib bo‘ldi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!