Endi Apple mahsulotlari bilan muammo bo‘lmaydi

Endi Apple mahsulotlari bilan muammo bo‘lmaydi

LoupVentures'ning xabar qilishicha, Xitoyda ishlab chiqarish avvalgi normal holiga qaytayotgani bois Apple'ning ta’minoti ham sekin-astalik bilan o‘nglanmoqda.

Xabarda izohlanishicha, kompaniyaning eng talabgir mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ketadigan vaqtning qisqarganini ta’minot yaxshilangani bilan bog‘lash mumkin.

iPhone 11 64GB, iPhone 11 Pro 64GB, AirPods Pro va AirPods'larning ikkinchi avlodini ishlab chiqarish uchun 4 mart kuni eng ko‘p vaqt talab qilinadigan edi va vaziyat hozirga kelib yaxshilanmoqda.

iPhone 11'ning 64GB versiyasi o‘rtacha 2 kunda tayyor bo‘ladi (4 mart sanasida esa 6.7 kun talab qilingan), AirPods Pro va ikkinchi avlod AirPods'lar 7.4 kunda tayyor bo‘ladi (4 martdagi holatda 10.6 kun talab qilingan).

Mahsulotlarni ishlab chiqarish davri davomiyligi cho‘zilganiga boshqa omillar, jumladan, G‘arb bozorlaridagi talabning tushib ketgani ham sababchi. Biroq Xitoy zavodlaridagi ish-faoliyat avvalgi holiga qaytishi bilan ishlab chiqarish ham tezlashadi va talab ham normal holiga kelganda Apple mijozlarga o‘z qurilmalarini uzluksiz yetkazib bera oladi.

O‘QING: Apple jarimaga tortilishi mumkin