Endi bakalavr va magistr diplomlariga QR-kod qo‘yiladi

  •   DiMaX
  •  848
  •  15.01.2020 17:12

Endi bakalavr va magistr diplomlariga QR-kod qo‘yiladi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan bakalavr va magistr diplomlariga individual QR-kod qo‘yish tizimi hamda uning dasturiy ta’minoti ishlab chiqiladi. Bu xususda Vazirlik o‘zining Telegram-kanali orqali xabar bermoqda.

O‘QING: Bitiruvchilarning shahodatnoma va attestatlari endi QR-kod va maxsus himoyaga ega bo‘lyapti!

Xabarga ko‘ra, ushbu tizim OTM tomonidan berilgan diplomlarning haqiqiyligini aniqlashda eng samarali yechim sifatida qaralmoqda.

Diplomlarni QR-kodlashtirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1-bosqichda loyiha ishlab chiqiladi:

– dunyoda mavjud muqobil platformalarni tadqiq va tahlil qilish;

– tizimning konseptual modelini yaratish;

– ma’lumotlar bazalarini loyihalash va tizimning funksional arxitekturasini yaratish.

2-bosqichda QR-kod tizimi ishlab chiqiladi:

– bakalavr va magistrlik diplomlari uchun individual QR-kodlar yaratish tizimini ishlab chiqish.

3-bosqichda talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi:

– respublika bo‘yicha talabalar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yagona axborot tizimini ishlab chiqish hamda bakalavr va magistrlik diplomlari uchun individual QR-kodlarni yaratish tizimi bilan integratsiyalash.

4-bosqich. Amaliyotga joriy etish:

– aprobatsiya: dasturiy ta’minotning pilot versiyasi kompleks sinovdan o‘tkaziladi va jamoatchilikka taqdim etiladi.

O‘QING: Wi-Fi tarmog‘iga QR-kod orqali ulanish