Endi bor-yo‘g‘i 350 dollarga yap-yangi iPhone olish mumkin bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  2838
  •  25.08.2020 12:49

Endi bor-yo‘g‘i 350 dollarga yap-yangi iPhone olish mumkin bo‘ladi!

Kuni kecha biz iPhone 12 turkumidagi smartfonlarining taqdimotidan so‘ng dunyodagi eng ommabop smartfon yanada arzonlashayotgani haqida yozgan edik. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, kupertinoliklar o‘shanda jami uchta ayfonning narxini pasaytirishmoqchi.

O‘QING: iPhone 12 hatto iPhone SE 2’dan ham ixcham, iPhone 11’dan ham arzon bo‘ladi! (+video)

Apple Lab nikli foydalanuvchining Twitter tarmog‘ida yozishicha, kuzda iPhone 11 modelidan tashqari yana iPhone SE 2020 (yoki iPhone SE 2) hamda iPhone XR smartfonlarining ham narxi pasayadi:

Mazkur ma’lumot to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, hozirgi eng arzon ayfon – iPhone SE 2020 modelining narxi 400 dollardan 350 dollarga tushadi. iPhone XR ham shunchaga arzonlashib, 550 o‘rniga 500 dollardan olish mumkin bo‘ladi.

Bulardan tashqari, foydalanuvchi bazaviy versiyadagi iPhone 12 va iPhone 12 Pro modellarining ham narxlarini keltirgan. Ular tegishlicha 700 hamda 1000 dollarga baholanadi – bu esa oldin sizib chiqqan ma’lumotlarga mos keladi.

O‘QING: 2021 yili uchta modelda arzon iPhone SE chiqadi, biri iPhone 11 dizaynida!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!