Endi boshqa tarif rejasiga o‘tganda daqiqa, SMS va megabaytlaringiz kuymaydi!

  •   DiMaX
  •  1040
  •  21.10.2020 12:39

Endi boshqa tarif rejasiga o‘tganda daqiqa, SMS va megabaytlaringiz kuymaydi!

Yaqindagina biz Mobiuz kompaniyasining ikkita – yangi aksiya xususidagi hamda bitta xizmatning arzonlashuvi haqidagi xabarlarini e’lon qilgan edik. Endi esa mazkur uyali aloqa operatori o‘z abonentlari uchun yana bir xushxabar ulashdi.

O‘QING: Oyiga 20 ming megabaytlik «Talaba+» tarif rejasi ham chiqdi!

Kompaniya rasmiy saytidagi xabarga ko‘ra, 30 oktyabrdan boshlab ayrim tarif rejalariga o‘tilganda, avvalgi tarif rejasiga kiritilgan, foydalanilmagan daqiqa, SMS va megabaytlar keyingi davrga o‘tkaziladi hamda joriy tarif rejasiga kiritilgan to‘plamlar bilan qo‘shiladi!

O‘tilganida limitlar kuymaydigan tarif rejalari esa quyidagilardir: «Mobi 20», «Mobi 30», «Mobi 40», «Mobi 50», «Mobi 70», «Mobi 90», «Mobi 110», «Mobi 150», «Mobi 50 Yillik», «Mobi 70 Yillik», «Mobi 90 Yillik», «Mobi 110 Yillik», «Mobi 150 Yillik», «GAP yo‘q», «GAP yo‘q Pro», «Chilla Lite», «Yorqin», «Yorqin Yillik», «Terminal».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq boshqa bir mobil aloqa operatorida ham boshqa tarif rejasiga o‘tganda megabaytlar kuymaydigan bo‘lgan edi.

O‘QING: Uyali aloqa kompaniyalari 1 noyabrdan yangicha yashay boshlaydilar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!