Endi butun boshli YouTube videoni to'liq ko'rib o'tirishga hojat yo'q!

Endi butun boshli YouTube videoni to'liq ko'rib o'tirishga hojat yo'q!

YouTube endi o‘zining veb platformasi va mobil ilovalarida videolarning "eng ko‘p takrorlangan" qismlarini ajratib ko‘rsatadi. Bu xususiyat avval YouTube Premium obunachilari uchun tajriba sifatida mavjud edi, ammo bugun u barcha foydalanuvchilar uchun ishga tushirilmoqda. Ushbu funksiyada foydalanuvchilar videoning eng ommabop qismlarini uning harakatlanish satrining orqasida paydo bo'ladigan grafikdan aniqlay oladilar.

"Agar grafik yuqori boʻlsa, videoning oʻsha qismi tez-tez takrorlangan. O'sha daqiqalarni tezda topish va tomosha qilish uchun grafikdan foydalanishingiz mumkin." deydi YouTube.

Yana bir yangi qo‘shilgan Single Loop funksiyasi esa foydalanuvchilarga videoni cheksiz marta takrorlash imkonini beradi va unga video sifatini sozlash yoki subtitrlarni yoqish imkonini beruvchi menyudan kirishi mumkin.

Shuningdek, YouTube yana bir yangi funksiyani test qilishni boshlayotgani ma'lum bo'ldi. Videoning aynan siz ko'rmoqchi bo'lgan joylarini topish imkonini beradigan bu funksiya tez orada YouTube Premium obunachilari uchun test sifatida paydo bo'lishi kutilmoqda.

O'QING: Haqiqiy yoki render? Bir qarashda ko'z ilg'amaydi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!