Endi chet tillarini o‘rganishga hojat yo‘q!

Endi chet tillarini o‘rganishga hojat yo‘q!

Google o‘zining kechagi I/O tadbirini bir ajoyib syurpriz bilan yakunladi: yangi AR ko‘zoynoklar. Kompaniyaning bu aqlli ko‘zoynoklarining asosiy xususiyati shundaki, ular ko‘z oldingizda so‘zlarni jonli tarzda tarjima qilib bera oladi. Bu xuddi dunyo xuddi real olam uchun subtitrlarga o‘xshaydi.

Mahsulotning demo versiyasi ko‘rsatilgan videoda kompaniya mahsulot menejerining AR ko‘zoynokni taqqan odamga gapirayotganini va uning so‘zlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilingan holda ko‘zoynokda paydo bo‘layotganini ko‘rish mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, bu kompaniyaning to‘liq ishlab chiqarilmagan prototip qurilmasi bo‘lib, kompaniya bu haqida ko‘p ma’lumot bermagan va uning qachon chiqarilishi ham noma’lum.

O‘QING: Pixel 7 va Pixel 7 Pro

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.