Endi eng arzon smartfonlarga ham Android 10 o‘rnatsa bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  2340
  •  26.09.2019 09:25

Endi eng arzon smartfonlarga ham Android 10 o‘rnatsa bo‘ladi!

Android 10 operatsion tizimi shu oyning boshida namoyish etilgan bo‘lib, ungacha rasman yangilanuvchi smurtfonlar ro‘yxatini e’lon qilganmiz. Shuningdek, mazkur apdeytni qabul qiluvchi Samsung smartfon va planshetlarining to‘liq ro‘yxati va muddatlari haqida ham ma’lumot chiqqan.

O‘QING: Shoshqaloqlar uchun maxsus: Yana to‘rtta Xiaomi smartfoniga Android 10 chiqdi!

Google kompaniyasi endi uning yengillashtirilgan – boshlang‘ich konfiguratsiyalarga ega bo‘lgan hamyonbop smartfonlarga moslangan Android 10 (Go edition) versiyasini ham namoyish etdi. Mazkur tizim talqini tezkor xotirasi 1,5 gigabaytdan kam bo‘lgan smartfonlarga mo‘ljallangan.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, Android 10 (Go edition) tezkorroq va xavfsizroq bo‘lgan. Ilovalar unda oldingi avlod – Android 9 Pie (Go edition) tizimidagiga nisbatan 10 foizga tezroq ishga tushadi. Shuningdek, tizimning umumiy tezligi va ishonchliligi hm oshirilgan.

Xavfsizlik masalasiga kelsak, Android 10 (Go edition) talqinida shifrlashning Adiantum protokoli joriy etilgan. Google mazkur protokolni shu yilning fevralida, quvvati pastroq bo‘lgan qurilmalar uchun maxsus taqdim etgandi. Adiantum protokoli samaradorlikni pasaytirmagan holda shifrlashdan foydalanishga imkon beradi.

Android 10 (Go edition) operatsion tizimiga ega birinchi smartfonlar shu yil kuzning oxirida taqdim etila boshlaydi.

O‘QING: Google'ning ushbu ilovasi 100 milliondan ortiq marta yuklab olindi!