Endi Galaxy Z Fold/Flip emas, balki Galaxy Fold/Flip bo'ladi

Endi Galaxy Z Fold/Flip emas, balki Galaxy Fold/Flip bo'ladi

Samsung kompaniyasi o'zi buklamafonlari nomida "Z" harfini olib tashlayotgani ma'lum qilindi. Insayderning xabar qilishicha, tez kunlarda taqdim qilinishi kutilayotgan yangi avlod Galaxy buklanadigan smartfonlari shunchaki Galaxy Fold/Flip 4 deb nomlanadi.

"Samsung Electronics o'zining buklanadigan telefon seriyalarida "Z" harfini olib tashlashga harakat qilmoqda. Flip/Fold 4 dan boshlab, harf endi qurilma qutilariga chop etilmaydi. Bunga rus harbiylari ushbu harfdan foydalanayotganligi sabab bo'lmoqda" deydi insayder.

Ko'pchilikning fikricha, agar mish-mishlar to'g'ri bo'lsa, unda bu yaxshi o'zgarish, chunki "Z" harfi buklamafonlar nomini ortiqcha uzun qilib yuboradi, shu bilan birga, "Z" harfisiz buklamafonlar nomini talaffuz qilish osonroq bo'ladi.

Ushbu o'zgarish barcha davlatlar uchun bo'ladimi yoki faqat sanoqli Yevropa davlatlari uchunmi, bu hozircha no'malum. Bundan avval, joriy yilning mart oyida, Samsung Litva, Latviya va Estoniya davlatlari uchun o'zining uchinchi avlod Galaxy buklamafonlaridan "Z" harfini olib tashlagan edi.

O'QING: Tanishing, bu o‘zga sayyoralik G-nusmas!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!