Endi Gmail'ga ham ko'k rangli verifikatsiya belgisi qo'shilmoqda

Endi Gmail'ga ham ko'k rangli verifikatsiya belgisi qo'shilmoqda

Bir necha yil oldin Google o'zining Gmail elektron pochta xizmatida verifikatsiya qilingan brend logotipi qo'llab-quvvatlanishini ishga tushirgan edi. BIMI (Brand Indicators for Message Identification) bilan birga ishlaydigan bu xususiyat kompaniyalarga o'zlarining logotiplaridan profil surati sifatida foydalanish imkonini beradi. Endilikda esa Gmail BIMI'ni o'zlashtirgan kompaniyalarga ko'k verifkatsiya belgisini ham beradi.

"Kuchli elektron pochta autentifikatsiyasi foydalanuvchilarga va elektron pochta xavfsizlik tizimlariga spamni aniqlash va to'xtatishga yordam beradi, shuningdek, xabar jo'natuvchilarga o'zlarining ishonchli brend afzalliklaridan foydalanish imkonini beradi. Bu elektron pochta manbalariga bo'lgan ishonchni oshiradi va o'quvchilarga barcha uchun yaxshiroq elektron pochta ekotizimini yaratib, ajoyib tajriba beradi." – deydi Google o'zining blog postida.

Google misolidagi ulashilgan skrinshotga ko'ra, ko'k verifikatsiya belgisi ustiga sichqonchani olib borsangiz siz "Ushbu elektron xabar jo'natuvchisi google.com va profil suratidagi logotipni verifikatsiya qilgan" matnini ko'rashingiz mumkin.

Rasm: Google

Gmail tasdiqlanganlik belgilarini bugundan boshlab Workspace, hamda, shaxsiy Google akkauntlari uchun ishga tushiradi, shunday ekan siz ham tez orada "galochka"li akkauntlardan elektron xabarlarni qabul qilishingiz mumkin.