Endi Google ilovalarida barmoq izi bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin

Endi Google ilovalarida barmoq izi bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin

Google o‘zining xizmatlari uchun yangilanishlar taqdim qildi va endilikda qo‘llab-quvvatlanuvchi saytlarda ro‘yxatdan o‘tish uchun nafaqat paroldan, balki barmoq izidan ham foydalanish imkoni mavjud. Ushbu yangilanish Android 7 Nougat va undan yuqori OTlar uchun amal qiladi.

Tabiiyki, Pixel smartfonlari ushbu funksiyaga boshqa devayslardan ko‘ra ertaroq ega bo‘ldi. Bu funksiya Google ilovalari va sahifalarida ishlaydi. 

Joriy autentifikatsiya usuli qulay, sodda va xavfsiz usulda biometrik ma’lumotlardan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tish uchun FIDO2, W3C WebAuthn va FIDO CTAP standartlari asosida yaratilgan. Aslida, aynan FIDO2 standarti sababli endilikda nafaqat ilovalarda, balki internet saytlarda ham parol o‘rniga barmoq izidan foydalanish imkoni mavjud bo‘ldi.

O‘QING: Okay, Google, meni professionalga aylantir!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!