Endi har qanday smartfonni atigi 150 dollar evaziga noutbukka aylantirish mumkin! (+video)

  •   DiMaX
  •  1473
  •  31.10.2019 13:28

Endi har qanday smartfonni atigi 150 dollar evaziga noutbukka aylantirish mumkin! (+video)

Zamonaviy flagman smartfonlarning qudrati hujjatlar bilan ishlash, matn terish, internetda kezish va hokazo ishlarga bemalol yetadi. Ammo kichkina ekranda, mitti virtual klaviatura bilan bu ishlarni qilish noqulay. Shu boisdan smartfonga dok-stansiya yordamida ekran, klaviatura va sichqoncha kabilarni ulab, undan kompyuter sifatida foydalanish usuli ishlab chiqilgan.

O‘QING: Apple barcha iPhone va iPad’larga maxfiy tachpad joylagan, uni ishga tushiramiz!

Xitoyliklar noutbuk shaklidagi universal dok-stansiya taqdim etishdi va uni PhoneBook deb nomlashdi. Yaratuvchilarning ta’kidlashlaricha, unga MTK protsessorlaridan boshqa har qanday chipset bazasidagi smartfonni ulash mumkin.

Aslini olganda, PhoneBook – shunchaki klaviaturali ekran bo‘lib, uni noutbuk sifatida qo‘llashda ma’lumotni qayta ishlash jarayonlarini smartfon bajaradi. Telefonning protsessori va tezkor xotirasi «ko‘tara olishi»ga qarab, PhoneBook yordamida ko‘plab ishlarni qulay bajarish mumkin.

Texnik xususiyatlariga kelsak, PhoneBook diagonaliga 15,6 dyuymlik sensor displeyga ega, tasvir aniqligi esa Full HD formatida. Uning korpusida, xuddi noutbuk kabi, to‘laqonli klaviatura hamda katta tachpad mavjud.

O‘QING: Skanerning keragi yo‘q – uning vazifasini endi istalgan Android-smartfon bajara oladi!

PhoneBook yana dinamiklar, bir nechta USB porti, bittadan USB Type-C va HDMI portlari, shuningdek, 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishi bilan ham jihozlangan. Istasangiz, sichqoncha yoki boshqa istalgan mos keluvchi aksessuarlarni ulashingiz, printer ulab chop etishingiz mumkin.

PhoneBook akkumulyatori to‘la quvvat bilan 8 soatgacha ishlay oladi; bundan tashqari, xuddi noutbuk kabi, o‘ziga ulangan smartfonni ham quvvatlaydi. Mazkur dok-stansiya uchun Kickstarter kraudfanding maydonchasida mablag‘ yig‘ish boshlangan va samarali ketyapti. Ushbu loyiha doirasida 37,5 ming dollar mablag‘ yig‘ish rejalashtirilgan bo‘lsa, allaqachon 100 ming dollardan oshiq to‘plangan. Xohlovchilar unga 149 AQSh dollari evaziga oldindan buyurtma berishlari mumkin, xaridorlarga buyurtmalar shu yil dekabrda yetkazib beriladi, deyishyapti.

O‘QING: Aldanib qolmang: noutbukni ochmasdan batareyasini tekshirish usullari

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!