Endi hatto Rubik kubigi ham internetga ulana oladi!

  •   DiMaX
  •  851
  •  13.08.2020 16:51

Endi hatto Rubik kubigi ham internetga ulana oladi!

Rubik's kompaniyasi ommabop Rubik kubigining yangi versiyasini taqdim etdi. Connected Cube nomini olgan mazkur boshqotirma-o‘yinchoq smartfonga ulanib, u orqali internetga bog‘lana oladi.

O‘QING: Tetris o‘ynab, har kuni 5 ming dollar yutib olish mumkin! (+video)

Turli qurilmalarning internetga ulanishiga asta-sekin ko‘nikib boryapmiz. Lekin mexanik o‘yinchoqqa internet nimaga kerak? Gap shundaki, bu – mazkur o‘yinda o‘z mahoratini boshqalarga ko‘rsatishni istovchilar va u bo‘yicha musobaqalashuvchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan.

Connected Cube o‘z egasining o‘yin jarayonini kuzatib boradi, uning kubikni necha marta to‘liq yig‘a olganini qayd eib qo‘yadi. Shu bilan birga, internetdagi Rubik's Arena hamjamiyatiga ulana oladi. Bu klubda dunyo bo‘ylab 47 000 nafardan oshiq Rubik kubigi o‘yinchilari mavjud. Connected Cube orqali onlaynga chiqish esa geymerga yangi imkoniyat taqdim etadi – u o‘z uyida o‘tirganicha kubikni yig‘ish bo‘yicha turnirda qatnasha oladi.

Yangicha talqindagi Rubik kubigi odatiylaridan og‘irroq, tuzilishi o‘zgacha bo‘lgani sababli noqulayroq ham. Lekin uning narxi hozircha ma’lum qilinmagan.

O‘QING: Android-smartfonlar uchun internetsiz ishlovchi o‘nta bepul yangi o‘yin

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.