Endi Instagram sizga "tenevoy ban"ga tushgan-tushmaganligingiz haqida aytadi

Endi Instagram sizga

So'nggi paytlarda "rekomendatsiya" yoxud begonalar postlarining sizga tavsiya qilinishi TikTok bilan raqobatlushivi sabab Instagram'ning asosiy xususiyati bo'lib qoldi. Bunda boshqalar kontenti sizga ko'rsatilishi bilan birga, sizning ham postlaringiz ham sizga obuna bo'lmaganlarga ko'rsatiladi, biroq har doim ham emas. Instagram'chilar orasida "tenovoy ban" tushunchasi mavjud bo'lib, bu sizning postlaringiz boshqalarga tavsiya qilinmay qolganini anglanatadi. Bu shunday asabbuzar narsaki, bunda siz nima uchun postlaringiz "rekka" chiqmayotganligini bilmaysiz. Biroq, navbatdagi yangilanish bilan bunday asabbuzarliklarga "xayr" deyishingiz mumkin.

Instagram rahbari Adam Mosserining xabar berishicha, endilikda "Professional" akkaunt egalari ilovadagi Sozlamalar meyusi > Akkaunt > Akkaunt Statusi bo'limidan nima uchun postlari boshqalarga tavsiya qilinmayotgani haqida bilib olishlari mumkin bo'ladi. U yerda ijodkorlar agar postlari Instagram'ning "Tavsiya qilish qoidalari"ni buzgan bo'lsa, uni tahrirlashlari, o'chirib yuborishlari yoki appelyatsiya berishlari mumkin.

Ta'kidlash joizki, ushbu xususiyat hozircha faqat "rekomendatsiya"dan to'silgan postlar va Reels videolari uchun amal qiladi. Ammo kompaniya funksiyani kengaytirish ustida ham ishlamoqda yoxud kelajakda ijodkorlar o'zlarining akkauntlari qidiruv yoki "Taklif etilgan akkauntlar" kabi akkaunt darajasidagi tavsiya qilinishlardan bloklanganligini bilib olishlari mumkin bo'ladi.

O'QING: Endi Telegram'da SIM-kartasiz akkaunt ochish mumkin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!