Endi Instagram Stories'lariga ham layk bosish mumkin

Endi Instagram Stories'lariga ham layk bosish mumkin

Instagram Stories'lar uchun shaxsiy layk funksiyasini chiqardi. Bu xususiyat foydalanuvchiga Stories'larga DM (Direct Message) bilan reaksiya xabarini yuborish o‘rniga, ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri layk bosish imkonini beradi va u xabar jo‘natish va kichik qog‘oz samolyot belgisi o‘rtasida yurakcha shaklida joylashgan bo‘ladi. 

Layklar boshqalar uchun ko‘rinmaydi, shuningdek sanalmaydi ham. Stories'laringizni kim ko‘rganligi haqidagi sahifani ochganingizda u yerda kimlar layk bosganligini ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. 

"Bundan maqsad odamlar bir-birlarini ko‘proq qo‘llab-quvvatlashlari mumkinligiga ishonch hosil qilish, shuningdek DM'larni biroz tozalash hamdir." deydi Adam Mosseri. 

Yangi funksiyadan foydalanish uchun Instagram ilovangizni yangilang. 

O‘QING: Telegram'ga "Statuslar" funksiyasini qo‘shish taklif qilinmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!