Endi Instagram'da "galochka" olish va "rekka chiqish" uchun pulli obunaga ega bo'lsangiz bas!

Endi Instagram'da

Mark Tsukerberg o'zining rasmiy Instagram kanalida Facebook va Instagram uchun pulli oylik obunani sinovdan o'tkazilayotganligini e'lon qildi. Ma'lum bo'lishicha, "Meta Verified" nomli ushbu obuna, uning egalariga ko'k verifikatsiya belgisi, akkauntning platformada ko'proq ko'rinishi, yuqori qo'llab-quvvatlash xizmati va boshqalarni taqdim qiladi.

"Bu hafta biz Meta Verified xizmatini ishga tushirmoqdamiz — bu obuna akkauntingizni davlat identifikatori bilan tasdiqlash, ko'k nishon olish, siz ekanligingizni da'vo qiladigan akkauntlardan qo'shimcha himoya va mijozlarni qo'llab-quvvatlash xizmatiga to'g'ridan-to'g'ri kirish imkoniyatini beradi", deb yozadi Tsukerberg.

Qo'shimchasiga, Meta Verified obunachilari Stories va Reels'da foydalanish uchun eksklyuziv stikerlar va har oy Facebook'da kontent yaratuvchilarni qo'llab-quvvatlash uchun bersa bo'ladigan 100 ta "yulduz"lar oladilar.

Aytish kerakki, Meta Verified'ga obuna bo'lish uchun minimum talablarga javob berishingiz kerak. Bunda 18 yosh yoki undan kattaroq bo'lishingiz va Facebook/Instagram'dagi ismingiz va suratingizga mos keladigan davlat guvohnomasini (ID karta yoki passport) taqdim etishingiz talab qilinadi.

Ta'kidlash joizki, bu Ilon Maskning Twitter ijtimoiy tarmog'idagi yangi Blue obunasiga juda o'xshab ketadi, ammo undan farqli o'laroq Meta'ning pulli obuna bilan beriladigan verifikatsiyasi platformada avval verifikatsiyadan o'tganlarga ta'sir qilmaydi.

Meta Verified shu haftaning o'zidayoq Avstraliya va Yangi Zenlandiyada ishga tushiriladi. Uning narxi veb platformada 19.99 dollar va mobil ilovalarda esa 24.99 dollarni tashkil qiladi. iOS va Android'da obuna narxining yuqorligini Apple va Google ilova ichidagi xaridlar uchun oladigan komissiyani qoplashning bir usuli deyish mumkin.

O'QING: Endi Instagram'da ham Telegram'dagi kabi kanallar bo‘ladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!