Endi ko‘chirish navbati Xiaomi'ga keldi

Endi ko‘chirish navbati Xiaomi'ga keldi

Apple kompaniyasi iPhone 14 Pro modellariga yangi dinamik orol funksiyasini olib kirdi. Android smartfonsozlari endi ushbu funksiyani o‘z smartfonlarida qo‘llab ko‘rishni maqsad qilishmoqda. 

Birinchi bo‘lib buni Xiaomi boshlab beradi. MIUI dasturchilari allaqachon ushbu funksiyaga o‘xshash tizimni ishlab chiqishni boshlab yuborganlar. Taxminlarga ko‘ra, Redmi K60 smartfonida ushbu funksiya paydo bo‘ladi. 

Xiaomi Xhina prezidenti Lu Veybing Weibo platformasida foydalanuvchilardan «Aqlli orol» kerak yoki kerak emasligini so‘radi. Bir nechta foydalanuvchilar Xiaomi smartfonlarida dinamik orolni ko‘rishni xohlashlarini aytishgan bo‘lsa, boshqalar esa bunga norozi ekanliklarini bildirishgan.

MIUI dasturchilari musiqa boshqaruvlari va bildirishnomalar uchun dinamik orol funksiyasini sinovdan o‘tkazishni boshladilar. Katta ehtimol bilan boshqa kompaniyalar ham ushbu funksiyani o‘z smartfonlariga olib kirishadi. 

O‘QING: Dinamik orol uchun eng kreativ g‘oya! 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!