Endi korrupsiya haqida Internetda xabar bera olasiz!

  •   DiMaX
  •  189
  •  09.08.2021 11:07

Endi korrupsiya haqida Internetda xabar bera olasiz!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-6013-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus dasturiy ta’minot ishlab chiqildi. Bu xususda Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi xabar bermoqda.

O‘QING: Korrupsiyada ayblangan Braziliya sobiq prezidentini Huawei nega ishga oldi?

Internet tarmog‘idagi mazkur eanticor.uz dasturi test rejimida ishga tushirilgan bo‘lib, unda korrupsiya holatlari haqidagi murojaatlarni to‘rtta shaklda, ya’ni:

- «Korrupsiyaga duch keldim va pora berishga majbur bo‘ldim»;

- «Korrupsiyaga duch keldim va pora bermadim»;

- «Pora bilan bog‘liq bo‘lmagan korrupsiyaga duch keldim»;

- «Halol ishlaydigan davlat xizmatchisini uchratdim» kabi mavzularda yuborish mumkin.

O‘QING: Prezident amaldorlarni algoritmlarga almashtirishni buyurdi!

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi eanticor.uz orqali berilayotgan korrupsiya holatlari haqidagi murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqishi bilan bir qatorda berilgan murojaatlar asosida sohalardagi korrupsion holatlarni tahlil qiladi va o‘tkaziladigan tahlil natijalariga ko‘ra korrupsiyaga imkon yaratayotgan omillarni bartaraf etish choralari ko‘riladi.

Jumladan, korrupsiyaga yo‘l ochib berayotgan normalarni o‘zgartirish, bekor qilish yoki qonunchilikka tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi va ularni amalga oshirish choralari ko‘riladi.

Shuningdek, eanticor.uz dasturiy ta’minoti orqali fuqarolarning korrupsiyaga oid murojaatlari asosida vazirlik, idoralar, viloyat va tumanlarning statistik reytingini kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Bunda, tegishli idoralar mutasaddilari reytingdan tegishli xulosalarni chiqargan holda korrupsiyaga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Hozirda mazkur tizimda yanada qulayliklar yaratish maqsadida dastur takomillashtirib borilmoqda.

O‘QING: UZIMEI binosidagi «bardak» haqida bloger: «Buni o‘ylab topganlar – islohotlarning dushmani!»

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!