Endi Mi smartfonlari bo‘lmaydi

Endi Mi smartfonlari bo‘lmaydi

Xitoylik elektronika ishlab chiqaruvchi Xiaomi kompaniyasi yaqinda Apple'ni ortda qoldirib, dunyodagi ikkinchi eng yirik smartfonsozga aylangan edi. Kompaniya enidlikda o‘z mahsulotlari global bozorda tanilib bo‘lgani bois qo‘shimcha brend nomlaridan voz kechmoqda.

O‘QING: Xiaomi 15-sentyabrda taqdimot namoyishi o‘tkazadi

Dastavval XDA Developers saytida xabar berilganidek, kompaniya bir necha oy ichida o‘zining Mi brendidan voz kechadi va yangi mahsulotlarda faqat Xiaomi nomi bo‘ladi.

Kompaniya vakili Engadget nashriga: «2021-yilning uchinchi choragidan boshlab Xiaomi'ning «Mi» mahsulot seriyalari «Xiaomi» deb qayta nomlanadi. Bu o‘zgarish bizning global brendimizni yaxlitlashtirib, brend va mahsulotlar o‘rtasidagi tushuncha bo‘shlig‘ini bartaraf etadi», deya ma’lumot bergan. Biroq Mi brendi butunlay yo‘q bo‘lmaydi. Kompaniyaning Mi Home do‘konlari nomida «Mi» so‘zi o‘zgarmay qoladi.

Hamyonbop mahsulotlar ishqibozlari uchun chiqariladigan Redmi qurilmalari esa sotilishda davom etadi. Aftidan, Redmi brendi mahsulotlarini ko‘proq ko‘radiganga o‘xshaymiz. «Vaqt o‘tishi bilan mahsulot seriyalarining nomlanish qoidalari — Xiaomi va Redmi — bizning ekotizimimiz va IoT mahsulotlarimizga ham joriy qilinadi», deydi kompaniya vakili. Xiaomi o‘zining Mi brendidan voz kechishi mumkinligi yangi Mix 4 smartfoni nomiga «Mi» so‘zi qo‘shilmaganidan ham ayonlashadi.

O‘QING: Yana bir yangi Redmi smartfoni chiqmoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!