Endi niqob bilan iPhone'ingizni qulfdan chiqarish yanada oson bo‘ladi

Endi niqob bilan iPhone'ingizni qulfdan chiqarish yanada oson bo‘ladi

Yuz niqobini taqqan holda smartfonni qulfdan chiqara olmaslik rivojlangan davlatlar aholisi duch keladigan muammolar qatorida yetakchilik qiladi.

Shu sababdan ham, Apple 2017-yilda taqdim qilgan Face ID texnologiyasini yanada rivojlantirishga qaror qildi. Biroq ushbu qulaylikdan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, Apple Watch ham sotib olishingiz kerak bo‘ladi.

iPhone'dagi Face ID tekshiruvidan Apple Watch yordamida o‘tishni quyida tushuntirib o‘tamiz.

Ta’kidlash joizki, ayni damda, Apple'ning yuz niqobi bilan iPhone'ni ochish funksiyasi beta talqinda tayyor, ushbu qulaylik hozircha keng ommaga taqdim qilinganicha yo‘q. Ushbu yangilanish barcha foydalanuvchilarga kelasi iOS va watchOS apdeytlari bilan birga jo‘natiladi.

Agar beta dasturda ishtirok etishga qiziqayotgan bo‘lsangiz, har ikki qurilmangiz uchun yangi beta yangilanishini o‘rnating. Agar beta bosqichi tugashini kutmoqchi bo‘lsangiz, bu ham yaxshi qaror. 

Yangilanishni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng, Sozlamalar ilovasiga o‘tib, Face ID va Parol oynasini oching. iPhone'ingiz paroli va smartfonni qulfdan chiqaruvchi kombinatsiyani kiriting. So‘ng, ekran ostiga tushib, Apple Watch bilan qulfdan chiqarish (Unlock with Apple Watch) ni cherting.

Mana shu oynadan qaysi Apple Watch yordamida iPhone'ingizni qulfdan chiqarmoqchiligingizni tanlang va Yoqish slayderini surib qo‘ying.

Paramaterlar sozlandi, endi niqobingizni taqib, iPhone'ingiz ekranini tepaga tortsangiz, qulf ekrani ochiladi. Bilagingizdagi soat smartfon qulfi muvaffaqiyatli ochilganini bildirib vibratsiya beradi. Bori shu!

Faqat bir necha jihatni yodda saqlash kerak. Soatni taqqangizda undan foydalanish uchun soatning alohida maxsus paroli bo‘lishi kerak va iPhone'ni qulfdan chiqarish paytida soat qo‘lingizga taqilgan bo‘lishi zarur. 

Shularning hammasini to‘g‘ri sozlasangiz, jamoat joylari va supermarketlarda iPhone'ingizni qulfdan chiqarish uchun niqobingizni yechmasangiz ham bo‘ladi.

O‘QING: Apple umuman iPhone 13 nomli smartfon chiqarmasligi mumkin!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!