Endi onlayn tarzda nafaqa uchun ariza berish va pensiya haqida ma’lumot olish mumkin bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  3598
  •  05.04.2019 11:27

Endi onlayn tarzda nafaqa uchun ariza berish va pensiya haqida ma’lumot olish mumkin bo‘ladi

Endilikda nafaqa tayinlash uchun ariza berish va pensiya to‘g‘risida ma’lumotlarni olishni onlayn tarzda amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Bu haqda Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi matbuot xizmatiga tayanib «Spot» nashri yozgan.

O‘QING: Bolalar endi maktabga onlayn qabul qilinadi!

Elektron hukumat tizimi doirasida «Nafaqa» dasturiy mahsulotining funksional imkoniyatlarini, idoralararo integratsiya platformasi bilan bog‘lash orqali kengaytirish yuzasidan ishlar olib bormoqda.

Elektron ko‘rinishdagi o‘zaro aloqani tashkillashtirish, O‘zbekiston fuqarolariga nafaqa bilan ta’minlanish sohasidagi yangi (100% avtomatlashtirilgan) tranzaksion xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali foydalanish imkonini beradi.

Yo‘lga qo‘yilayotgan yangi xizmatlar:

  • bola tug‘ilganda yoki dafn etish marosimi uchun nafaqalar belgilanishi uchun elektron ariza berish. Bunda arizachiga belgilangan nafaqani olish uchun o‘ziga qulay bo‘lgan Xalq banki bo‘limini tanlash imkoniyati beriladi;
  • pensiya (nafaqa) to‘g‘risida ma’lumot olish (pensiya miqdori, tayinlangan sanasi, to‘lov davri, ish staji, o‘rtacha oylik ish haqi, pensiya turi (nafaqa), qayd qilingan va qayd qilinmagan ish davri, tanlangan muddat uchun to‘lov miqdori to‘g‘risida ma’lumotlar).

O‘QING: Endi nikoh qurish uchun onlayn tarzda ariza berish mumkin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!