Endi o‘zimiz ta’mirlaymiz: Motorola smartfonlarni uyda ta’mirlash uchun to‘plam chiqarmoqda

  •   Saroy
  •  574
  •  25.10.2018 10:32

Endi o‘zimiz ta’mirlaymiz: Motorola smartfonlarni uyda ta’mirlash uchun to‘plam chiqarmoqda

Hozirda Xitoyning Lenovo kompaniyasiga qarashli Motorola kompaniyasi taniqli iFixit jamoasi bilan hamkorlikda smartfonlarni uyda mustaqil ravishda ta’mirlasa bo‘ladigan to‘plam taqdim etdi.

O‘QING: Endi “egiluvchan” smartfon bo‘lib: afsonaviy buklama Motorola RAZR qaytmoqda

Ushbu to‘plam yordamida foydalanuvchi maxsus servis markazlarga murojaat qilmasdan o‘zi mustaqil ravishda singan ekranni yoki eskirgan batareyani almashtira oladi. Ustaxonaga murojaat qilgan foydalanuvchilarning 70-80 foizi aynan displey yoki akkumulyatorni almashtirib berishni so‘raydi. Shunday ekan Motorola va iFixit ta’mirlash to‘plamini taqdim etayotganda eng keng tarqalgan buzilishlarni e’tiborga oldi.

O‘QING: Motorola’dan bir yo‘la to‘rtta smartfon: hammasi o‘rta toifada

Ayni damda eski smartfonlarning ekranlarini va batareyasini almashtirish uchun komplekt taklif etilmoqda. Ta’mirtalab tutilgan smartfonlar ro‘yxatiga Moto X, Moto X Pure, Moto G4 va G4 Plus, Moto Z, Moto Z Play va Z Force Droid, Moto G5 Plus va Droid Turbo 2 kabi qurilmalar kiritildi. To‘plam narxi 39,99 dan 199,99 dollargacha bo‘ladi.

O‘QING: Hamma yoqda josuslar: Motorola OnePower tasviri anonsdan avval oshkor etildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!