Endi quloqchinning keragi yo‘q. Musiqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri miyangizga jo‘natiladi!

Endi quloqchinning keragi yo‘q. Musiqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri miyangizga jo‘natiladi!

O‘zingizning shaxsiy tovush pufagingiz bo‘ladigan olamni bir tasavvur qilib ko‘ring. Bu olamda atrofdagilarga umuman halal bermagan holda sevimli taronangizni tinglashingiz, baland ovozda kompyuter o‘yinlarini o‘ynashingiz, kino tomosha qilishingiz yoki mashina haydab ketayotganda navigatsiya ko‘rsatmalarini olishingiz mumkin.

Isroilning Noveto Sytsems nomli kompaniyasi yuqorida sanab o‘tilganlarning barchasini «tovush uzatish» deb atalagan yangi futurustik audio texnologiya yordamida amalga oshirish mumkinligini isbotlab berdi. Bu haqda The Times of Israel nashri xabar bermoqda.

Kompaniya kuni kecha o‘zining yangi desktop qurilmasini ommaga taqdim qildi. Gadjet musiqani to‘g‘ridan-to‘g‘ri tinglovchining qulog‘iga, qulochinlar yordamisiz yuboradi.

Kompaniya The Associated Press'ga qurilmaning eksklyuziv desktop prototipini taqdim qildi.

Bunday yo‘sinda musiqa tinglash hissi xuddi ilmiy-fantastik kinolardagidek bo‘ladi. 3D tovush sizga shunchalar yaqinki, u xuddi qulog‘ingiz ichidan va ayni damda qulog‘ingiz oldida, tepasida va orqasida chalinayotganga o‘xshaydi.

Noveto qurilmaning ko‘plab amaliy foydasi bo‘lishini kutmoqda. Masalan, ofis xodimlari musiqa va konferent qo‘ng‘iroqlarni hamkasblarga halal bermagan holda tinglashi mumkin, oddiy foydalanuvchida esa atrofdagilarni bezovta qilmasdan o‘yin o‘ynashi, film tomosha qilishi imkoni paydo bo‘ladi. Bunda, quloqchinlardan foydalanilmagani bois xonadagi boshqa tovushlarni ham tiniq eshitish mumkin.

Ushbu texnologiya 3D sezish modulidan foydalangan holda audioni ultratovushli to‘lqin orqali uzatib, tinglovchining qulog‘i joylashuvini aniqlaydi va kuzatib boradi hamda quloq atrofida tovush pufagini hosil qiladi. Uzatilgan tovushni stereo formatda yoki 3D rejimda tinglash mumkin bo‘ladi. Kompaniyaning tushuntirishicha, 3D rejim tinglovchi atrofida 360° tovush hosil qiladi.

Namoyish sifatida taqdim qilingan tabiat manzarsi aks ettirilgan video klipda ko‘ldagi oqqushlar tovushi, arilarning vizillashi va ko‘lmak jildirarshini tinglash mumkin. Ushbu tovushlarni tinglagan tinglovchi o‘zini go‘yo ayni o‘sha makonga tushib qolgandek his qiladi.

Kompaniya bosh ijrochi direktori Kristof Ramshteynning o‘zi ham bu konsepsiyani so‘z bilan tariflashga qiynaldi. «Miya o‘zi bilmagan narsasini tushunmaydi», deydi u.

Noveto'ning Tel-Aviv shahridan turib Zoom orqali o‘tkazgan namoyishida SoundBeamer mahsulot menejeri Ayana Uallvater video o‘yin demonstratsiyasidagi o‘q otilishi tovushini eshitmadi.

Bu SoundBeamer'ning ish berganidan dalolat. Uallvater ushbu texnologiyadan birinchi marta foydalanib ko‘rgan odamlar munosabati haqida shunday deydi: «Ko‘pchilik odamlar shunchaki: «Qoyil, bunga ishongim kelmayapti», deydi. Bunga ishonish qiyin, chunki tovush xuddi karnaydan chiqayotganga o‘xshaydi, lekin uni [sizdan boshqa] hech kim eshitmaydi... u sizni qo‘llab-quvvatlaydi va siz hamma narsaning markazida bo‘lasiz. Bu sizning atrofingizda sodir bo‘ladi».

Sozlamalar o‘zgartirilsa, tinglovchi boshini qimirlatganda, tovush unga ergashadi. Uzatma to‘lqin yo‘lagidan chiqib ketish va hech narsani tinglamaslik ham mumkin, bu surreal voqelikni hosil qiladi.

«Qurilmaga qayerda ekaningizni aytish shart emas. U tovushni aniq bitta joyga yo‘naltirmaydi. Tovush qayerga borsangiz ham, sizga ergashadi. Ya’ni bu aynan siz uchun — sizga ergashadi, xohlagan narsangizni miyangiz ichida qo‘yib eshittiradi. Bu biz orzu qilgan narsa. O‘zingiz xohlagan tovushni tinglasangiz bo‘ladigan dunyo. Boshqalarga halal bermaysiz. Lekin [musiqa tinglayotib ham] ular bilan muloqotga kirishishingiz mumkin», deya qo‘shimcha qiladi Uallvater.

Tovush uzatish konsepsiyasi aslida yangilik bo‘lmasa ham, Noveto ushbu texnologiyani amalda yarata olgan birinchi kompaniya bo‘ldi. Kompaniyaning SoundBeamer 1.0 desktop qurilmasi esa ilk tijoriy brend mahsuloti bo‘ladi.

Ramshteyn prototipning «kichikroq va nafisroq» dizaynli veriyasi tijoriy sotuvga 2021 yil Rojdestvo bayramida chiqishini ma’lum qildi.

O‘QING: Google oddiy kompyuterlar 10 ming yilda ham bajara olmaydigan amalni atigi 3 daqiqada bajaruvchi kompyuter yaratdi