ENDI RASMAN: jami 47 rusumdagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari uchun global MIUI 12.5 testi ochildi!

  •   DiMaX
  •  1898
  •  12.03.2021 09:56

ENDI RASMAN: jami 47 rusumdagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari uchun global MIUI 12.5 testi ochildi!

«Xitoycha Apple» o‘zining MIUI 12.5 grafik qobig‘i asosidagi proshivkalarini sinab ko‘rish uchun hozircha faqat Xitoydagi oddiy foydalanuvchilarga taqdim etgan. Xiaomi.EU norasmiy portali jamoasi esa global proshivkani kutib o‘tirishni istamagan foydalanuvchilar uchun xitoychasini «globallashtirib» tarqatmoqda. Umuman olganda...

O‘QING: MIUI 12.5 global proshivkasi qaysi Xiaomi va Redmi smartfoniga qachon keladi?

Global versiyadagi MIUI 12.5 grafik qobig‘i asosidagi 25 xildagi smartfon proshivkalari beta-testerlarga tarqatilayotgani haqida yozgan edik. Xiaomi kompaniyasi ushbu beta-test dasturi qamrovini kengaytirib, ro‘yxatga yana 22 xildagi mobil qurilmalarni kiritdi.

Demak, endi quyidagi modellarga mansub (va tegishli proshivkaga ega) gadjetlar egalari 31 martga qadar test dasturida ishtirok etish uchun ariza yuborishlari mumkin:

  1. Mi 11 (global, yevropacha);
  2. Mi 10 Pro (global, yevropacha, hindcha);
  3. Mi 10 (global, yevropacha, hindcha);
  4. Mi 10 Lite (global, yevropacha);
  5. Mi 9 (global, yevropacha);
  6. Mi 9T Pro (global, yevropacha);
  7. Mi Note 10 Lite (global, yevropacha);
  8. Mi 9 SE (yevropacha);
  9. Mi 9 Lite (global, yevropacha);
  10. Redmi K20 Pro (hindcha);
  11. Redmi Note 10 Pro (global, yevropacha);
  12. Redmi Note 10 Pro (hindcha);
  13. Redmi Note 10 Pro Max (hindcha);
  14. Redmi Note 9T (yevropacha);
  15. Redmi Note 9S (global, yevropacha);
  16. Redmi Note 9 Pro (hindcha);
  17. Redmi 9 Power (hindcha);
  18. Redmi Note 8 Pro (global, yevropacha, hindcha);
  19. Redmi Note 8T (yevropacha);
  20. Poco F2 Pro (global, yevropacha, hindcha);
  21. Poco M3 (global, hindcha);
  22. Poco X2 (hindcha).

MIUI 12.5 grafik qobig‘i asosidagi proshivkalar keyinroq tarqatiladigan jami 80 xildagi smartfon ro‘yxati bilan ushbu xabarimizda tanishish mumkin. Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Xiaomi eng zo‘r kamerofoni va hamyonbop flagmaniga Android 11 tarqatyapti

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!