Endi Signal'da ham Story qo'ya oladigan bo'lasiz

Endi Signal'da ham Story qo'ya oladigan bo'lasiz

Ko'pincha Telegram'dan ham kuchliroq himoyaga ega ekanligi bilan ta'riflanadigan Signal messenjer ham endilikda o'z ilovasiga Story funksiyasini qo'shmoqda. Xuddi Instagram'da bo'lganidek, Signal'ning ham Story xususiyati sizga 24 soatdan keyin avtomatik ravishda yo'q bo'lib ketadigan suratlar, videolar va matnlarni do'stlaringiz bilan ulashish imkonini beradi.

Signal, Signal bo'lmaydi, agar ushbu funksiya ham shifrlangan bo'lmasa - Android uchun ilovaning bosh dasturchisi, Greyson Parrelli, Story'lar ham to'liq shifrlangan bo'lishini va ularni kimlar ko'ra olishini ma'lum qildi:

"Siz Story'laringizni barcha Signal suhbatdoshlaringiz (Signal suhbatdoshlari = kontaktlaringiz + siz 1:1 chatda boʻlgan har bir kishi) yoki maxsus doʻstlaringiz roʻyxati yoki Signal guruhlaringiz bilan ulashishingiz mumkin. Story'ni guruhlar bilan ulashganda, o'sha guruhdagi har kim Story'ni ko'rishi, uni boshqalarga ulashishi, unga reaksiya bildirishi va javob berishi mumkin."

Qizig'i shundaki, agar Story'larni yoqtirmasangiz ularni sozlamalar orqali to'liq o'chirib qo'yishingiz mumkin va shunda siz hech qanday Story yarata olmaysiz va boshqalarning Story'larini ham ko'rolmaysiz.

Hozirda ushbu funksiya sinovdan o'tkazilmoqda va faqatgina beta ishtirokchilarigina Story'lar yaratishi, boshqa beta ishtirokchilarining Story'sini ko'rishi mumkin xolos.

Ma'lumot uchun, Story xususiyatini ilk marta 2013-yilda Snapchat taqdim qilgan bo'lsa, undan keyin Twitter, Instagram, WhatsApp, Facebook Messenger, YouTube, TikTok va endilikda Signal ham uni ko'chirib olishgan.

O'QING: Rossiyada chet el ijtimoiy tarmoqlari bloklanganidan beri Telegram "bir qop semirdi" 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!