Endi siz ham koronavirus tufayli YouTube’da pul ishlab olishingiz mumkin!

  •   DiMaX
  •  1995
  •  12.03.2020 14:43

Endi siz ham koronavirus tufayli YouTube’da pul ishlab olishingiz mumkin!

COVID-19, ya’ni koronavirus epidemiyasi tarqala boshlaganida, odamlarni ortiqcha vahimaga solmaslik maqsadida internetda kasallik haqidagi kontentlarga ma’lum bir cheklovlar qo‘yila boshlagandi. Jumladan, viruslar haqidagi eng ommabop o‘yin ham koronavirusdan ziyon ko‘rgan.

O‘QING: Google va Apple koronavirus ilovalariga qarshi kurashmoqda

Shu jumladan, YouTube videoxostingi ham koronavirus bilan bog‘liq bo‘lgan barcha videoroliklarni monetizatsiyadan mahrum etgan edi. Ammo kuni kecha Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bu kasallikning tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi. COVID-19’ga qarshi bu yo‘llar bilan kurashib bo‘lmasligini anglagan YouTube ham chekinishga majbur bo‘ldi. Uning rasmiy blogida e’lon qilinishicha, endi koronavirusga aloqador lavhalarda ham pul ishlash mumkin.

YouTube bosh direktori Syuzan Voychitski ta’kidlashicha, koronavirus kishilarning kundalik muhokamalari mavzusiga aylanib bo‘lganini ular anglashgan. Shu boisdan blogerlar va yangilik tarqatuvchi tashkilotlarning bu mavzuda kontent yaratishlariga xalaqit bermagan ma’qul, degan xulosaga kelishgan. Keyingi haftalardan boshlab kanallarga monetizatsiya qilish imkonini beruvchi reklama bloklari va roliklarini qaytarishadi.

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz: YouTube saytida har kim ham o‘z kanalini ochishi mumkin va buning eng oson yo‘li to‘g‘risida biz batafsil yo‘riqnoma ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: YouTube’dagi reklamadan qancha pul tushayotganini Google ilk bor e’lon qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!