Endi smartfonni orqasidan chertib ham boshqara olasiz! (2 ta «jonli» video)

  •   DiMaX
  •  1463
  •  23.03.2020 13:26

Endi smartfonni orqasidan chertib ham boshqara olasiz! (2 ta «jonli» video)

Google kompaniyasi Android 11 (yoki Android R) talqinining dasturchilarga mo‘ljallangan jamlanmasini allaqachon taqdim etgan. Ushbu operatsion tizimning yangi xususiyatlari haqida turli ma’lumotlar tarqalishda davom etmoqda.

O‘QING: Android 11'da iOS'dagi kabi funksiya bo‘lishi tasdiqlandi

XDA Developers hamjamiyati dasturchilari Android 11 versiyasidagi yana bir qiziq funksiyani topishdi. Kodli nomi «Columbus» bo‘lgan ushbu yangi ishoralar jamlanmasi smartfonning orqa paneliga chertish orqali ma’lum bir vazifani bajarishga mo‘ljallangan.

Yangi ishoralar to‘plami faqat Pixel 4a yoki Pixel 5 modellarida ishlashi taxmin qilingan edi, ammo ushbu funksiya Pixel 3 XL, Pixel 4 va Pixel 4 XL smartfonlarida ham amal qilishi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, Android R talqinidagi smartfonni orqa qopqog‘iga ikki marta chertib, uning kamerasini ochish, Google Assistant’ni ishga tushirish, qo‘shiq yangrashini to‘xtatish/davom ettirish, kiruvchi qo‘ng‘iroqlar ovozini o‘chirish, yana skrinshot olish yoki so‘nggi ishlatilgan ilovalar ro‘yxatini chiqarish mumkin ekan.

O‘QING: Ruxsat berilmaydigan joylarda ham skrinshot olish yo‘llari bor!

Aytish kerakki, yangi ishoralarni qo‘llash uchun smartfonda maxsus jihozlarning bo‘lishi ham talab etilmaydi – undagi akselerometr va giroskop kabi datchiklardan olinadigan ma’lumotlar yetarli.

Dasturchilar ushbu ishoralarning ekran o‘chiq bo‘lgan hamda kamera ishga tushirilgan payti ishlamasligini ham ko‘zda tutishgan.

O‘QING: MIUI 12 hamda Android 11’gacha yangilanuvchi Xiaomi smartfonlari ikkita ro‘yxatda!